So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Mo'ydin Mamazulumov: “Yaqin kunlarda ”Lokomotiv”dagi taqdirimga oydinlik kiritiladi” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Yaqin kunlarda ”Lokomotiv”dagi taqdirimga oydinlik kiritiladi”

Kecha milliy chempionatimizning so'nggi turidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi va shu tariqa mavsum yakunlandi. Namanganda mehmon bo'lgan “Lokomotiv” qiyin g'alabaga erishdi.

Aniqrog'i “Navbahor”ning so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yuborgani yakunda “temiryo'lchilar”ga g'alaba keltirdi. Ammo chempionlik poygasida “Paxtakor” bilan bo'lgan kurashda “Lokomotiv” baribir o'zib keta olmadi. Joriy mavsumning birinchi qismini “Navbahor”da o'tkazib keyinchalik “Lokomotiv” safidan o'rin olgan tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov kechagi uchrashuvda sobiq jamoasini jazoladi. O'yindan so'ng u bilan suhbatlashdik.


- Mo'ydin aka, avvalo “Navbahor” bilan o'tgan uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Garchi jamoangiz ushbu bahsda muvaffaqiyat qozongan bo'lsada, chempionlik poygasida “Paxtakor”dan baribir o'ta olmadi. SHu bois Namanganda qo'lga kiritilgan g'alaba unchalik tatimagandir?
- G'alaba qozonish doimo yoqimli. To'g'ri, chempion bo'lish maqsadida so'nggi turgacha kurash olib bordik. Ammo bu bizga bog'liq emasdi. Lekin shunga qaramay jamoamiz Namanganga faqat g'alaba qozonish niyatida borgandi. SHuning uchun butun bahs davomida barchamiz muvaffaqiyat qozonish haqida o'yladik. Aytish kerakki, shu kuni “Navbahor” bizga munosib ravishda qarshilik ko'rsatdi. Bu klubda oldin o'ynaganim uchun ham aytamanki, yaxshi, kurashchan jamoa.   

- Etiborlisi zaxiradan maydonga tushib g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandingiz. Buni kutganmidiz?
- 2:1 hisobida ortda qolayotgan edik. Bunday vaziyatda qanday bo'lmasin jamoamni mag'lubiyatdan qutqarib qolishga xarakat qildim. Hammasi Yaratgandan. Oldindan nimadir qilib yuboraman deb aniq ayta olmaysan kishi. Lekin yaxshi niyat bilan tushgandim.

- “Lokomotiv” finishga 2-o'rin bilan etib keldi. Buni jamoada qanday qabul qilishdi?
- Mavsum avvalida rahbariyat tomonidan chempionlik vazifasi qo'yilgandi. SHuningdek Kubok bahslarida ham bosh sovrinni qo'lga kiritish asosiy maqsadlardan biri edi. Ammo chempionatda ham kubokda ham niyatimizga eta olmadik. Bu –futbol. Endi bor etiborni keyingi yilga qaratish kerak. CHempionat doirasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yindagi yo'qotilgan ochkolar bugungi kunga kelib bizga qimmatga tushdi. 


- “Lokomotiv”dagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ha desa ham bo'ladi. “Loko”ga aslida sovrinlarni yutish uchun kelgandim. Davralar oralig'ida meni bu erga sobiq murabbiy Vadim Abramov taklif etib, ishonch bildirgandi. Vadim Karlenovich ishlagan paytida boshlang'ich tarkibdan joy egalladim. Biroq keyinchalik asosan zaxirada qolib ketdim. Lekin shunga qaramay “Lokomotiv”dagi faoliyatimdan nolimayman. Jamoa bilan chempionlikka erishishni istagandim. Lekin kumush ham yomon emas. Nasib qilsa kelasi yil chempion bo'larmiz.

- Adashmasam “temiryo'lchilar” bilan amaldagi shartnomangiz shu yilning oxirida o'z kuchini yo'qotadi. Keyingi taqdiringiz haqida nima deysiz?
- Yaqin kunlarda bunga oydinlik kiritiladi. To'g'ri, “Loko” bilan tuzgan bitim yakuniga etib bormoqda. Ammo klubda qolish qolmaslik masalasi rahbariyat bilan gaplashilgach malum bo'lsa kerak. O'zimga qolsa Toshkent klubida qolgan bo'lardim.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика