So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Mourinyu va Anchelotti o'rtasidagi 8-to'qnashuvni o'tkazib yubormang! Yangiliklar

Mourinyu va Anchelotti o'rtasidagi 8-to'qnashuvni o'tkazib yubormang!

Bugun Londonning "Tottenxem" klubi Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Everton" mehmoni bo'ladi.

Mersisayddagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:15 da start oladi. Mazkur bahsda asosiy intriga ikkala murabbiy — Joze Mourinyu va Karlo Anchelotti o'rtasida ro'y berishi kutilmoqda. O'z vaqtida jahonda kuchlilar reytingini boshqargan mutaxassislar faoliyatida "cho'kish" ro'y beryapti go'yo. Bundan 5-6 yil muqaddam Mourinyu, Anchelotti singari murabbiylar "Tottenxem"-u "Everton"lar yuborgan xatni pochta qutisidan olish uchun egilib ham o'tirmasdi...

Malumot uchun, bugungi bahs ikkala murabbiy o'rtasidagi 8-rasmiy o'yin hisoblanadi. Portugaliyalik "benazir" Italiyaning "Karlo otasi" bilan ilk bor 2003 yilning  avgust oyida "uchrashgan" edi. "Portu" va "Milan" o'rtasidagi UEFA superkubogi uchun bahs "rossonerilar"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan, o'yin taqdirini hal qilgan yagona gol Andrey SHevchenkoning nomiga yozilgan edi.

Keyinchalik "ikki nahang" Milan derbisi, Evropa CHempionlar Ligasi va Angliya chempionatida kuch sinashib ko'rishdi.

sana
musobaqa
mavsum
tur
uy
hisob
mehmon
13.09.2020
APL
20/21
1
Tottenxem
0:1
Everton
06.07.2020
APL
19/20
33
Tottenxem
1:0
Everton
16.03.2010
ECHL
09/10
1/16 final
CHelsi
0:1
Inter
24.02.2010
ECHL
09/10
1/16 final
Inter
2:1
CHelsi
15.02.2009
A Seriya
08/09
24
Inter
2:1
Milan
28.09.2008
A Seriya
08/095
Milan
1:0
Inter


Guvohi bo'lganingizdek, o'zaro bahslarda 3 bor Anchelotti boshchiligidagi jamoalarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4 o'yin yakunida Mourinyu shogirdlari g'alabani tantana qilgan. Qiziqarli jihati shundaki, ikkala murabbiy o'rtasidagi bahslarda hech qachon durang natija qayd etilmagan va barcha uchrashuvlarda g'olib 1 to'p farqi bilan zafar quchgan. Demak, bugungi bahsdan shiddatli o'yin kutishimiz uchun asoslar etarlicha. Bugun ham futboldan zavq olishni istasangiz, evrofutbolning zabardast murabbiylari orasidan ajralib, mo'ysafid mutaxassislar safiga qo'shilishga ulgurgan "benazir" va "Karlo ota" o'rtasidagi "jang"ni o'tkazib yubormang!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика