Mourinyu: "Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi..."
19 may 2022 19:51
Yangiliklar
Mourinyu: "Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi..."
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim jamoasidagi kelajagi haqida tushgan savolga javob berdi.
"Muhimi, hozirgi kun bilan yashash. Men "Roma"da qolmoqchiman. Menga bu erda bo'lish yoqadi. Uch yillik shartnoma imzolaganman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. "Roma"ni Fergyuson kabi boshqara olamanmi? Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi. SHunday ekan, 79 yoshimgacha "Roma"da qolishimga to'g'ri kelarkan. Balki 70 yoshga to'lgunimcha shu erda qolarman", – deya fikr bildirdi Mourinyu.
"Roma" va "Feyenoord" o'rtasidagi Konferenciyalar Ligasi finali 25 may kuni Tirana (Albaniya)da bo'lib o'tadi.
"Roma" ayni dam Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar