"Mourinyu - ikkiyuzlamachi!" - Karrager Vinisiusni himoya qilib, Jozening "eski gunohlari"ni eslatdi
18 fev 14:15
Yangiliklar
"Mourinyu - ikkiyuzlamachi!" - Karrager Vinisiusni himoya qilib, Jozening "eski gunohlari"ni eslatdi
Karrager Vinisiusni tanqid qilgan Mourinyuning gaplarini asossiz deb hisoblaydi.
Mojaro markazida — Vinisius:
Eslatib o'tamiz, Vinisius golni burchak bayroqchasi yonida raqs tushib nishonlagani uchun sariq kartochka olgan va keyinchalik irqchilikka duch kelganini aytgan edi. Joze Mourinyu esa buni "hurmatsizlik" deb atagandi.
Karragerning keskin javobi:
"Har kim golni o'zi xohlagancha nishonlashga haqli. Vinisius irqchilik haqoratlariga chidab turishi kerak emas.
Mourinyu tomonidan Vinisiusni tanqid qilish — bu shunchaki ikkiyuzlamachilik. Joze futbol tarixidagi eng ko'p provokaciya ishlatadigan murabbiy-ku! Uning "Old Trafford"da maydon bo'ylab yugurganlarini yoki "Chelsi"da ishlayotgan paytida "Liverpul" muxlislariga "ovozingni o'chir" ishorasini qilganini eslang. Shunday odam endi Vinisiusni ayblamoqdami?" — dedi Karrager.
Daholik va nishonlash huquqi:
Karrager braziliyalik yulduzning golini yuqori baholadi:
"Bu Chempionlar Ligasidagi fantastik gol edi. U buni qanday nishonlashni o'zi belgilaydi. Mourinyu esa avval o'z faoliyatiga nazar tashlasa yomon bo'lmasdi", — deya qo'shimcha qildi ekspert.
Ko'rinib turibdiki, Madrid va Lissabon o'rtasidagi jang endi OAV va ekspertlar darajasida yanada qizimoqda. Javob o'yini oldidan muhit haddan tashqari taranglashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar