So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Mourinyu: “Bu “mushuk-sichqon” o'yini bo'ldi” Yangiliklar

Mourinyu: “Bu “mushuk-sichqon” o'yini bo'ldi”

Angliya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan “Everton” – “Tottenxem” (5:4) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agar buni fantastika deb aytsangiz, mayli shunday bo'la qolsin. Bu masalada neytral emasman. 4 ta gol urganingdan keyin g'alaba qozonishing kerak. O'yinimizni hisobga olsak, “Tottenxem” xotirjamlik bilan zafar quchishi mumkin edi. Hujumkor futbol va himoyadagi xatolar.

Futbolchilar bor kuchi bilan o'ynashdi. Tan olishim kerakki, ularning bazilari uchun oson bo'lmadi, chunki yaxshi o'ynab turganingda, avvaliga bitta, keyin ikkita, so'ng uchta xatoga yo'l qo'yib, 1:3 ga yutqazayotgan bo'lasan. Yaxshi, ijobiy tomonlarini ham aytaman, buni kuzatish zavq berdi.

Uchrashuv menga yoqdi va yoqmadi. Biz to'p bilan qanday o'ynaganimiz maqul keldi. Barchamizga og'ir. Haqiqatan to'p bilan yaxshi harakat qildik, matonatli o'ynadik, hisob 1:0 bo'lganida raqibdan ustun edik, 5 daqiqadan keyin esa xato, xato, xato, gol, gol, gol.

Kurashni davom ettirdik, ammo yangi xatolarga yo'l qo'ydik. Bu “mushuk-sichqon” o'yini bo'ldi. Sichqonlar – bizning xatolarimiz, mushuklar – ularni tuzatishga urinishlarimiz”, deydi Joze.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика