Mourinyu bir intervyu bilan Kassanoni "chaqib oldi"
09 apr 2023 14:14
Yangiliklar
Mourinyu bir intervyu bilan Kassanoni "chaqib oldi"
"Har bir insonda tanqid qilish va o'z fikrlarini bildirish erkinligi bor. Ammo gap Antonio kabi insonlarga borib taqalar ekan, holat biroz o'zgaradi. Boshqalar jiddiy ishlayotgan paytda u xordiq chiqarmoqda, quvnamoqda. U "Roma"ni tanqid qiladimi yoki Mourinyunimi, farqi yo'q. U ko'nglini yozmoqda.
Kassano "Roma", "Inter", "Real" kabi jamoalarda o'ynagan. "Real"dagilar uni ko'proq tanishtiruv marosimidagi kurtkasi sababli eslab qolishgan, "Roma"da esa o'yinda o'ynamasdan Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan, "Inter"da esa hatto Lombardiya Kubogini ham yuta olmagan.
Meni "Inter", "Real" va "Roma"da nimaga erishganlarimni barcha yaxshi biladi. Kassanoning men bilan muammosi bo'lishi mumkin, ammo menda yo'q. Unga faqatgina bir gapim bor: sen 40, men esa 60 yoshdaman. Agarda hayotingda Marko Livaya paydo bo'ladigan bo'lsa, holating og'irlashadi", - dedi mutaxassis "Voce Giallo Rossa".
Mourinyu Livaya haqidagi gapi orqali Kassanoning 2012/13 yilgi mavsumda xorvatiyalik bilan bahslashuvini nazarda tutgan va unda italiyalik mag'lub bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar