So’nggi yangiliklar

12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   3 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  8 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21

Mourino va SHomurodov "Inter"ga qarshi - A Seriyaning 16-tur prevyusi Yangiliklar

Mourino va SHomurodov "Inter"ga qarshi - A Seriyaning 16-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Roma" - "Inter" 04/12/2021, 22:00

SHubhasiz, Joze Mourino uchun bu o'yin juda muhim, sababi raqib — "Inter". Biroq afsuski, "jalorossi"da yo'qotishlar yo'q emas. Abraxam va Karsdorp diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborsa, Pellegrini va El-SHaaravi jarohati sabab maydonga tusholmaydi. Hujumda Mxitaryan-SHomurodov duetini ko'rishimiz mumkin. "Inter"da esa Barella safga qaytadi, hujumda "bo'rilar" darvozasini bir necha bor ishg'ol qilgan Edin Jeko o'ynashi mumkin. Biroq De Vrey uchrashuvda ishtirok etolmaydi. SHunday ekan, Indzagi bu safar uning o'rniga kimni maydonga tushirish haqida o'ylab ko'rishi lozim.

So'nggi o'zaro bahsda "Inter" 3:1 hisobida "Roma" ustidan g'alaba qozongandi. Indzagi shogirdlari bu gal Rimda o'ynashiga qaramay, favorit hisoblanishmoqda. Sababi "Inter" hozir juda yaxshi formada. "Roma"ga esa biroz barqarorlik etishmayapti, qolaversa, tarkib bilan bog'liq qator muammolar ham bor.


"Napoli" - "Atalanta" 05/12/2021, 00:45

Bu uchrashuvdan oldin "Napoli"da bir nechta yo'qotishlar bor. Jarohati sababli Kulibali bir oyga safdan chiqqan. SHuningdek, mushaklari lat egan Fabian Ruis va Lorenco Insine ham o'yinni o'tkazib yuborishadi. Boshlang'ich tarkibda Mertnes va Elmasni ko'rishimiz mumkin. Luchano Spalletti ham qizil kartochkasi tufayli o'yinni tribunadan ko'rishiga to'g'ri keladi. "Atalanta" tarkibidagi holat biroz yaxshiroq. To'g'ri, Gosens hali to'liq tiklanib ulgurmadi. Ammo Sapata va Malinovskiy safga qaytishi kutilmoqda. Himoyada Palominoni ko'rishimiz mumkin.

Oxirgi o'zaro uchrashuvda "Atalanta" uyda 4:2 hisobida g'olib bo'lgan edi. Bu o'yin gollarga boy bo'lish ehtimoli bor. Tarkibdagi qator muammolarga qaramay, bukmekerlar "Napoli" g'alabasiga ishonch bildirishmoqda, ammo fikrimcha, "Atalanta" muvaffaqiyat qozonadi. Sababi jamoa qarshi hujumda yaxshi o'ynay oladi va raqib himoyasidagi zaifliklarni ko'ra oladi.


"Bolonya" - "Fiorentina" 05/12/2021, 16:30

"Bolonya" safida Arnautovich va Bonifaci maydonga tusha olmaydi. Ammo Mbayeni tarkibda ko'rishimiz mumkin. Sansone va Sorino katta ehtimol bilan asosiy hujum vazifasini bajaradigan Berrouni qo'llab-quvvatlab turishadi. Ha, "rossoblu" himoyada qanday o'ynashi ham juda muhim. "Fiorentina"da jarohati sababli Kastrovilli, Pulgar va Nastasich o'yinni o'tkazib yuborishadi. Gonsales ham o'ynashi so'roq ostida turibdi. Bunday vaziyatda hujum chizig'ida Kalexonni ko'rishimiz mumkin.

Jamoalarning o'zaro so'nggi o'yinida durang qayd etilgan — 3:3. Bu gal esa "fialkalar" mehmonda o'ynashsa ham, favorit hisoblanishmoqda. To'g'ri, "Fiorentina" safarda ketma-ket 4 o'yinda mag'lub bo'ldi, lekin aynan shu sababli ushbu seriyaga nuqta qo'yishga bor kuchi bilan harakat qiladi. Fikrimcha, "Fiorentina" xujumkor futbol namoyish etadi.


"Sampdoriya" - "Lacio" 05/12/2021, 22:00 

"Sampdoriya" bosh murabbiyi diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradigan Kollining o'rniga kimni maydonga tushirish haqida o'ylab ko'rishi kerak. O'tgan uchrashuvda Gabyadini yaxshi o'yin namoyish etgandi, shu sababli, bu gal Kaputoning ortida aynan uni ko'ramiz. "Lacio" o'tgan bir nechta turdan so'ng, o'zgarishi aniq. Boshlang'ich tarkibda Cakanyuni ko'rishimiz mumkin, biroq Luis Alberto asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli kamroq. Hujum markazida ortiqcha gap-so'zsiz, CHiro Immobile bo'ladi.

Oxirgi o'zaro bahsda "Lacio" Luis Albertoning goli evaziga g'olib bo'lgandi (1:0). Bazi omadsizliklarga qaramay, "burgutlar" favorit hisoblanmoqda.


"Yuventus" - "Jenoa" 06/12/2021, 00:45

Afsuski, Federiko Keza jiddiy jarohat oldi, shu sababli tanaffusgacha maydonga tushmaydi. SHuningdek, Danilo va Remsi ham o'yinni o'tkazib yuboradi. Makkeni ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Bu gal ham bor umid Dibala-Morata juftligidan. "Jenoa"dagi holat juda yomon. Andrey SHevchenko "grifonlar"dagi qator yo'qotishlardan xursand emasligi aniq. Ukrainalik murabbiy biror taktika, raqibga qarshi strategiya borasida emas, aksincha, maydonga tusha oladigan futbolchilardan qandaydir tarkib shakllantirish haqida bosh qotirishi kerak.

So'nggi o'zaro uchrashuvda "Yuventus" 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishgandi. Bu safar ham turinliklar favorit sanalmoqda.


Sergey Rumyancev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика