Mourino "Liverpul" himoyachisini jamoasiga olib kelmoqchi
09 may 2022 01:16
Yangiliklar
Mourino "Liverpul" himoyachisini jamoasiga olib kelmoqchi
"Roma" klubi "Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Konstantinos Cimikasga qiziqish bildirmoqda.
Calciomercato xabariga ko'ra, 25 yoshli yunon futbolchisi "Liverpul"da tez-tez maydonga tushmaydi, biroq uning qobiliyati "Roma" rasmiylari va xususan Joze Mourinoni hayratda qoldirgan. Rim klubi yozda Cimikasni o'z safiga taklif qilishni ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchiga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda.
Konstantinos 2020 yilda “Olimpiakos”dan 13 million evro evaziga “Liverpul”ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda Greciya terma jamoasi himoyachisi "qizillar" safida barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar