So’nggi yangiliklar

Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik" Yangiliklar

Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik"

Teglar :  Joze MourinoRoma
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya chempionati hakamlarini yana bir bor tanqid qildi.

Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, uning jamoasi "Roma" ishtirokidagi o'yinlardan so'ng hakamlarning chetlatilishidan allaqachon charchagan.

“Biz hakamlik xatolaridan allaqachon toliqqanmiz. Har safar “Roma” o'yinidan so'ng hakamlar chetlatilishidan charchadik. Diskvalifikaciya orqali ular xatolarini tushunib olar, ammo bizga yo'qotilgan ochkolarni qanday qaytarishi mumkin?", - dedi Mourino matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, yaqinda "Fiorentina" - "Roma" uchrashuvining bosh hakami Rim klubi darvozasiga noto'g'ri belgilangan penalti tufayli bir necha o'yinga diskvalifikaciya qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика