So’nggi yangiliklar

12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1

Mourino: "Bir vaqtning o'zida 600-700 mln. funt evaziga 6 nafar futbolchini xarid qila olmayman" Yangiliklar

Mourino: "Bir vaqtning o'zida 600-700 mln. funt evaziga 6 nafar futbolchini xarid qila olmayman"

Teglar :  Joze Mourino
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino hozirgi transfer bozoridagi narxlar bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

"Klub menga 600 mln. funt berib, 100 mln. funtdan olti nafar futbolchi xarid qilishga imkon beradi deb o'ylaysizmi? Yo'q, klub bunday qilmaydi va buni kuta olmayman. Hozirgi bozorni hisobga olsak, tanqid qiladigan joy yo'q.  Gvardiola, klub xodimlari yoki futbolchilar haqida yomon gap aytmoqchi emasman, biroq ular qilayotgan ish doimo qo'llab-quvvatlanadi.

Pep kelganida uning qo'l ostida Angliya posboni (Jo Xart) bor edi. Ammo u Gvardiolaga yoqmaydi, shu sababli u "Barselona" darvozabonini (Klaudio Bravo) xarid qildi. Unga navbatdagi golkiper ham yoqmadi, shu sababli yana bir futbolchi (Ederson) sotib olindi. Endi uning ko'ngli joyida.

Pepda Sabaleta va Kolarov bor edi, biroq ular 30dan oshgan. Gvardiola ularni o'zgartirmoqchi bo'ldi va ikki futbolchi o'rniga uch o'yinchini (Kayl Uoker, Benjamin Mendi, Danilo) olib keldi.

Bir vaqtning o'zida 6 yoki 7 futbolchini xarid qila olamizmi? 600-700 mln. funt sarflashga qodirmizmi? Yo'q. Hammasi oson emas. So'nggi yillarda bozor quyidagi yo'nalishga burilmoqda: Siz feyr-pley va chegara yo'q jamoalar safiga kirib, xohlaganingizni sotib olasiz, yoki qiyinchiliklarga duch kelasiz" - deydi Mourino.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика