Mondragon JCH-2022 haqida: "6-8 ta jamoa chempionlik uchun kurashadi. Argentina va Braziliya juda kuchli"
22 noy 2022 12:24
Yangiliklar
Mondragon JCH-2022 haqida: "6-8 ta jamoa chempionlik uchun kurashadi. Argentina va Braziliya juda kuchli"
- Ko'pchilik bu jahon chempionati Janubiy Amerikaga ataladi, deb o'ylamoqda. Siz ushbu qita vakili sifatida bu taxminga qo'shilasizmi?
- Ha, menimcha, bizda yaxshi imkoniyatlar bor. Men butun qitani nazarda tutyapman. Gap shundaki, hozir mavsum o'rtasi va Evropada to'p tepayotgan janubiy amerikalik futbolchilar hali dunyoning bir burchagidan boshqasiga parvoz qilish uchun ko'p vaqt sarflay olishmadi. Bu o'n minglab kilometrlar ularning oyoqlariga og'ir yukdek osilib qolmadi. Argentina va Braziliya, mening fikrimcha, bu erda juda va juda kuchli bo'ladi.
- Aynan ularni favorit deb hisoblaysizmi?
- Argentina va Braziliyadan tashqari Portugaliya va Germaniyani ham unutmaslik kerak. Menga Ispaniya terma jamoasi ham juda yoqadi. Franciyaliklarda jarohatlanganlar ko'p. Belgiyani eng yaxshi holatda ko'rishni istaymiz.
Umuman olganda, chempionlik poygasida 6-8 ta jamoa qatnashadi", – dedi FIFA Fan va texnologiyalar guruhining Qatardagi azosi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar