"Monako" yangi bosh murabbiyini elon qildi
12 okt 08:58
Yangiliklar
"Monako" yangi bosh murabbiyini elon qildi
“Monako” klubi Belgiya terma jamoasining 38 yoshli sobiq futbolchisi Sebastyan Pokonoli bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qildi.
Belgiyalik murabbiy 10-oktabr, juma kuni klubni tark etgan avstriyalik Adi Xyutterning o'rnini egalladi. Sebastyan Pokonoli futbolchi sifatida “Genk”, “AZ Alkmaar”, “Standard”, “Gannover”, “Vest Bromvich”, “Brayton” va “Union” klublarida to'p surgan.
Sobiq himoyachi murabbiylik faoliyatini 2021 yilda "Union" yoshlar jamoasida boshlagan. Keyin esa "Genk"ning yoshlar jamoasi va Belgiya U18 terma jamoasini boshqargan. 2024 yilning yozidan beri Pokognoli "Union" asosiy jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlab kelgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar