So’nggi yangiliklar

13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  0 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  6 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  23 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  5 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  4

MOMCH-2023. Qo'shni mamlakatlar chempionatlari va u erdagi o'zbekistonliklar Yangiliklar

MOMCH-2023. Qo'shni mamlakatlar chempionatlari va u erdagi o'zbekistonliklar

Teglar :  MOMCH-2023
Hafta davomida qo'shni mamlakatlar chempionatlari bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

Coca Cola Superligasi bilan bir qatorda qardosh mamlakatlarda ham chempionat o'yinlari start oldi. Faqatgina Turkmanistonda 1-tur bahslari endi start olishini aytmaganda, qolganlari chempionatni boshlab yuborishdi. Keling, quyida chempionatlar hamda u erda to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida mulohaza yuritamiz.


Qozog'iston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar

"Tobol" - Igor Sergeev

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov

CHempionatimiz bilan darajasi o'xshash bo'lgan Qozog'istonda ham aynan 5-tur bahslari yakunlandi. Igol Sergeev to'p tepadigan "Tobol" o'z maydonida "Astana"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, nomi yuqorida takidlangan qolgan ikki futbolchimiz o'ynaydigan "Ordabasi" "Aqtobe" bilan murosa ko'chasini tanladi.

Ortda qolgan 5 turdan so'ng "Qiziljar" klubi 100 foizlik natija qayd etgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biz uchun ko'proq qiziq bo'lgan "Ordabasi" va "Tobol" 4 va 5-o'rinlarda qo'shni bo'lib turishibdi. To'purarlar bahsida esa "Aqtobe" yarim himoyachisi Maksim Samorodov 4 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Qirg'iziston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar 

Alay - Islom Abdullaev 

Alay - Javohir Sohibov 

Alay - Abdulaziz Yusupov 

Dordoy - Kemran Najafaliev

Qora Bolta - Muhriddin Ahmedov

Neftchi Qo'chqor Ota - Azamat Ahmedov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Muhammadali Tursunov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Dostonjon Rashidov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Otabek Haydarov 

Neftchi Qo'chqor Ota - Javohir Rasulov 

Talant - Muhammadqodir Rahimberganov 

Oshmu Aldier - Abdulbori Vositjonov 

Oshmu Aldier - Akrom Xodjaev

Oshmu Aldier - Maradona Safarov

Oshmu Aldier - Po'latjon SHaripov 

Oshmu Aldier - Muhammadali Ashurov

Oshmu Aldier - Aburahmon Abdulhaqov 

Oshmu Aldier - Elnur Turg'unov 

Oshmu Aldier - Akmaljon Yuldashev

Qozog'iston chempionatidan farqli o'laroq, Qirg'izistonda ancha-muncha vatandoshlarimiz to'p tepadi. Premer-ligasida 10 ta jamoa ishtirok etadigan chempionatdagi klublarning yarimidan ko'pida o'zbekistonlik futbolchilarni uchratish mumkin. SHarqiy qo'shnilarimizda hozircha 2-tur bahslari ortda qoldi.

Turnir jadvalida 6 ochko bilan "Neftchi" peshqadamlik qilmoqda. Ular bilan bir xil ochko jamg'argan "Alay" esa ikkinchi pog'onani band etgan. Kuchli uchlikka "Abdish-Ata" yakun yasagan. To'purarlar ro'yxatida "Alga" o'yinchilari Abay Bokoleev va Anton Zemlyanuxin, shuningdek, "Abdish-Ata" azosi Ilya Kojuxar va "Neftchi" futbolchisi Akramjon Umarov 2 tadan gol urib, etakchilik uchun kurashmoqda.  

Tojikiston chempionati

O'zbekistonlik futbolchilar

Xo'jand - Xushnudbek Bozorov 

Xatlon  - Rustam Qo'chqorov

Fayzkand -  Zufardjon Akbaraliev

Esxata - Olimdjon Karimov

Esxata - Sanjar Rixsiboev

Xosilot - Temur Mamatmurodov

Kuktosh - Temur Masharipov

Kuktosh - Muxiddin Odilov

Kuktosh bosh murabbiyi - Abdujabbor Marufaliev

Tojikistonda ham o'zbekistonlik futbolchilarning ancha-munchasini uchratish mumkin. Ehtimol, bizning ro'yxatga kirmay qolgan yurtdoshlarimiz ham bo'lishi mumkin. Tojikistonda ham ikkinchi tur bahslari o'tkazildi va quyidagi natijalar qayd etildi:

6 aprel (payshanba)

7. «Kuktosh» – «Xosilot» – 0:3

9. «Xatlon» – «Esxata» – 0:2

7 aprel (juma)

6. «Istiklol» – «Fayzkand» – 2:1

8. CSKA – «Ravshan» – 0:0

10. «Xo'jand» – «Regar-TadAZ» – 2:2

Turnir jadvalida doimgidek "Istiqlol" karvonboshilik qilmoqda. "Esxata" esa dushanbeliklarni taqib qilishga urinib ko'radi. 

Turkmaniston chempionati

Turkmaniston chempionatining yangi mavsumiga 14 aprel kuni start beriladi. Yuqori ligada 9 ta klub ishtirok etadi. Quraga ko'ra, ilk turda quyidagi jamoalar kuch sinashadi:

“Kopetdag” – “SHagadam”

“Altin Asir” – “Nebitchi” 

“Marv” – “Ashxabad” 

“Axal” –  “Energetik”  

Dam oladi - “Arkadag'”

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика