So’nggi yangiliklar

20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  1 20:10Суперлига. "Насаф" – ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  17 20:08Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1 (матнли трансляция)  29 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  0 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  0 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  9 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  4 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  11 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  5 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  8 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8

Mo'jiza ro'y bermadi, ammo hali barchasi oldinda. O'zbekiston – Ispaniya o'yinidan xulosalar Yangiliklar

Mo'jiza ro'y bermadi, ammo hali barchasi oldinda. O'zbekiston – Ispaniya o'yinidan xulosalar

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev O'zbekiston – Ispaniya o'yinini tahlil qildi.

Faqat to'g'risini tan oling: o'yin boshlanguniga qadar qanday natijani kutgandingiz? Agar hammasini chetga surib, faqat futbolni qoldirganda.

SHaxsan men Ispaniya bilan juda qiyin bo'lishini tushungandim. Ammo, aynan futbol taraflama O'zbekiston jang taklif qilishini taxmin qilgandim. Sababi zamonaviy futbolda favoritlarning anderdoglarni "tor-mor" etib tashlashlari tobora kamaymoqda.

SHunday ham bo'ldi. O'zbekiston birinchi taymda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Hattoki nima bilan Timur Kapadze jamoasini kuchaytirishni ham bilmadim. Biznikilar bazida uzoq o'ylashdi va ispanlarning o'z yarim maydonlari va maydon markazini yopishga imkon berishdi. Bunday darajada, bundan tashqari bunday raqiblarga qarshi tezroq qaror qabul qilish kerak. Xatoning narxi ayniqsa darvozangizga yaqin joyda juda yuqori.

O'zbekiston terma jamoasi pressingda yaxshi ishladi va Ispaniya terma jamoasi darvozasiga bosim o'tkazdi. Deyarli barchasi ideal edi, ammo jarima zarbasida gol urildi. Baxtimizga, biznikilar shundan o'zlariga kelib, shunday o'ynashda davom etishdi. Ispanlar esa bunga tayyor emasdi.

Tanaffusda o'z Telegram sahifamga shunday yozdim: "Endilikda asosiysi darvozamiz oldida qolib ketmaslik va birinchi taymdagidek o'ynash. Xudo xohlasa, ikkinchi bo'limga ham kuchimiz etsin".

Aynan shu narsa tanaffusdan so'ng ro'y berdi. O'zbekiston terma jamoasi charchagani bilindi va o'z darvozasiga yaqin joyda o'ynadi. Ehtimol ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga o'tib Timur Kapadzening ko'rsatmasi bo'lgandir. Ehtimol o'yinchilar psixologik tarafdan biroz charchashgan va durang natijani saqlashga qaror qilishgandir. Ispanlar tempni oshirishdi va darvozamizga ko'proq bosim qilishni boshlashdi. Nematov tomonidan qaytarilgan penalti va Gomesning goliga qadar ham Ispaniya terma jamoasi to'p kiritishi mumkin edi.

Ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol esa bunday o'yinlarning "klassikasi". "Ikkinchi temp"da jarima maydoni chizig'i bo'ylab diagonal uzatma. Markaziy yarim himoyachilar mudofaa o'yinchilari bilan bitta chiziqda turib olishdi. Yakunda, Gomes bir o'zi qolib ketdi va xatosiz darvozani nishonga oldi.

Ayrim muxlislarning shunday ohangdagi izohlar hayratda qoldiradi: "Katta yoshli o'yinchilar halaqit berishdi. Olimpiadaga yo'llanma olganlar bilan o'ynash kerak edi". O'runovning Ispaniyaga qarshi o'yini bilan biroz xafa qilganiga qo'shilaman, ammo raqibning ham darajasini hisobga olish kerak. Bundan tashqari, Eronda mavsum oldinroq yakunlandi va Oston shunchaki formasini yo'qotgan bo'lishi mumkin. Va gap bu erda jismoniy holatda emas, balki o'yin taraflama edi: u shunchaki rasmiy o'yinlarda anchadan beri o'ynamagan. SHomurodov va Aliqulov bo'yicha savollar yo'q – ular o'zlarining doimiy, yaxshi darajalarida o'ynashdi.

Fayzullaevdan ko'prog'ini kutgandim. Ammo, bu erda ham O'runovdagidek holat – RPLda katta pauza bo'lgandi. Bundan tashqari, u ko'proq chap qanot yoki markaziy hujumkor yarim himoyachi rolida samaraliroq. Kapadzening tanaffusda uni O'runov bilan qanotlarda almashtirishini kutgandim, ammo bu ro'y bermadi. Norchaev, Jiyanov va Holmatov zaxiradan yaxshi o'yinga qo'shilishdi. Keyinchi o'yinlarda ulardan kimdirning ilk daqiqalardanoq o'ynashi mumkin.

Ispanlar haqli ravishda g'alaba qozonishdi, ammo baribir bu biz uchun alamli. Ispaniya terma jamoasi tarkib jihatidan ancha kuchliligini tushunaman, ammo O'zbekiston terma jamoasi ham yomon o'ynamadi. Agar Timur Kapadze shogirdlari Misr va Dominikan Respublikasi bilan ham shunday o'ynashsa, pley-offga yo'l olishimiz aniq. Ammo, bo'shashish ham ketmaydi - ishlash va yana ishlash kerak.

Mo'jiza ro'y bermadi, ammo barchasi hali oldinda. O'yin ham rahmat. Durangga juda yaqin edik.


Nikolay Egorichev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика