So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Moyesning MYUdan ketishi uchun 31 sabab (2-qism) Yangiliklar

Moyesning MYUdan ketishi uchun 31 sabab (2-qism)

The Telegraph nashri Moyesning MYU murabbiyligidan ketishi kerakligiga 31 sabab keltirib o'tdi.
Maqolaning birinchi qismida bu sabalarning 22tasi keltirib o'tilgandi. Demak, davom etamiz.

Muhim o'yinlar
23. So'nggi haftalargacha Moyesning “Manchester Yunayted”dagi eng yomon natijalari sifatida “Sanderlend”dan va “Suonsi”dan qabul qilingan mag'lubiyati yoki yuqorida aytilgan antirekorlardan biri ko'rsatilayotgandi. Biroq eng og'riqli nuqta boshqa bo'ldi: Jamoaning chempionat liderlariga qarshi o'yinlarda barqaror ravishda muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatdi. "CHelsi", "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", "Everton" va "Tottenxem"ga qarshi o'yinlardagi statistika quyidagicha:
O'yinlar – 11, g'alaba – 1, duranglar – 3, mag'lubiyatlar – 7, kiritilgan gollar – 5, o'tkazib yuborilgan gollar – 19.

Bu – “Everton”da boshlangan top klublarga qarshi o'yinlardagi antirekordining davomidir. “Gudison Park”dagi faoliyati davomida u biror marta ham “Emireyts”, “Stemford Brij”, “Enfild” va “Old Trafford”da g'alaba qozonmagan.   
 
24. “Olimpiakos”ni CHempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Biroq “Bavariya”ga qarshi o'yinda inglizlar biror nimaga erisha olishini taxmin qiladiganlar ko'p ham topilmasa kerak. Pol Xeyuord quradan keyin shunday degandi: “Birinchi marta CHempionlar Ligasidagi quradan keyin MYUning keyingi bosqich imkoniyatlari haqidagi gaplar kesatiq va sarkazmdek yangrayapti. Uning keyingi bosqich imkoniyati, chempionatda egallagan o'rnidan ham pastroq”.



Moyes “Everton” bilan evrokuboklarda quyidagicha natijalar qayd etgan:
2004/05 yilgi mavsum. CHempionlar Ligasi. Saralash bosqichida "Vilyarreal"ga mag'lub bo'lgan.
2005/06. UEFA kubogi. Birinchi davrada Buxarestning "Dinamo"siga mag'lub bo'lgan.
2006/07. Evrokuboklarda ishtirok etmagan.
2007/08. UEFA kubogi. 1/8 finalda "Fiorentina"ga engilgan.
2008/09. UEFA kubogi. Birinchi davrada "Standard"ga yutqazgan.
2009/10. Evropa ligasi. 1/16 finalda "Sporting"ga mag'lub bo'lgan.
2010/11. Evrokuboklarda ishtirok etmagan.
2011/12. Evrokuboklarda ishtirok etmagan.
2012/13. Evrokuboklarda ishtirok etmagan.

25. O'zining murabbiylik faoliyati davomida Moyes birorta ham yirik sovrinlarni qo'lga kiritmagan. Faqatgina "Preston Nort End" bilan ikkinchi divizion g'olibi bo'lgan xolos.



Jamoatchilik bilan ishlash
26. Endigina MYU bosh murabbiyi etib tayinlanishi bilan u darhol katta vazifani o'z zimmasiga olgani va yangi ishga moslashish uchun vaqt kerak bo'lishini takidladi. O'shandayoq u unga bog'langan barcha umidlarni pasaytirishga ulgurdi. Yaqinda esa MYUning juda yomon o'yini uni xafa qilayotganini taqidladi. “Liverpul”ga qarshi o'z maydonidagi o'yin oldidan raqibni favorit deb atashdan uyalmadi. U hali ham o'rtamyona “Everton” murabbiyidek his qilayotgandek.

Genri Vinter Moyesning ko'p ham o'ylamay gapirishi haqida shunday yozadi: “Uning “Yunatyed” “Manchester Siti”ga o'xshashaga urinayotgani haqidagi gapi o'ylanmay qilingan iqrordek jaranglagandi. Bunday gaplari Moyesni haddan tashqari ehtiyotkorligi, o'zining “Yunayted”dagi erasi negativ munosabatlar bilan boshlanishiga ishora qiladi. U o'zini “Manchester Yunayted” bosh murabbiyidek tutishni boshlashi kerak. Mydondan tashqarida hammani o'ziga qarata oladigan, o'yin vaqtida maydon chetida turganida esa qudrati va raqibdan cho'chimasligini namoyish etishi lozim”.

27. Moyesga Fergyusonning barcha yordamchilari va jamoa atrofidagi ko'plab insonlarni ishdan bo'shatib yuborgani ham yordam berayotgani yo'q. Ishdan Rene Melensten va Mik Felandek kuchli mutaxassislarni bo'shatib, ular o'rniga Stiv Raund, Fil Nevilllarni olib kelish haqidagi qarori uni faqat uyatga qo'ydi xolos.

MYUdan bo'shatilgan darvozabonlar murabbiyi Erik Stil shunday degandi: “Fergyuson unga: “Manchester”da gullab yashnashing uchun imkon bor. Buning uchun bor narsani saqla, merosni sharaf bilan, boricha qabul qilib ol, ular bilan ishla va ular senga katta ishlarda yordam beradi. Seni bu erda qudratli bir mashina katyapti. Sen iz “Marks and Spencer's”dan “Harrods"na o'tyapsan”, deb aytgandi.
 
28. Murabbiy va jamoaning etakchi futbolchilari o'rtasida janjallar chiqqani haqida ko'p gaplar chiqdi. Moyes hammasini inkor etdi. Runini jamoada olib qolishga erishgani tahsinga sazovor. Lekin jamoa veteranlari uning uchun turib bermasliklari inkor etib bo'lmaydigan fakt. Nemanya Vidich “Inter”ga ketyapti, Patris Evra mavsum yakunlangach katta ehtimol bilan Franciyaga qaytadi. Rio Ferdinand televideniyada ekspertlik qilsa kerak. Van Persining kelajagi so'roq ostida. Giggzni endi mavsum maydonda ko'rmasak kerak. “Olimpiakos”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazganiga qaramay, u “Siti”ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmadi.



Va nihoyat...
29. Moyes va uning tarafdorlari uchun asosiy oqlov Fergyusson ham “Yunayted”dagi faoliyatini u qadar yaxshi boshlamagani, keyin esa futbol tarixidagi eng omadli murabbiyga aylangani haqidagi gaplardir.
Biroq hozir 1986 yil emas. So'nggi 28 yil ichida futbol o'zgarib ketdi. Moyes kamchiliklardan holi bo'lmasa-da, chempion bo'lgan tarkibni qabul qilib oldi. U moliyaviy ahvol qanday bo'lishiga qaramay, transferlar uchun katta pul topib bera oladigan klubga o'tdi. U duch kelayotgan qiyinchiliklarni sovuqqonlik va sabr bilan engib o'tishga urinyapti. Biroq hozirga kelib eng vafodor muxlislar ham undan yuz o'gira boshlashdi.

30. Modomiki, MYU Joze Mourino yoki Karlo Anchelottidek saviyali murabbiylarni qo'lga kirita olmasligi malum bo'lgan bo'lsada, ingliz grandini boshqarishga qarshi bo'lmaydigan boshqa ko'plab mutaxassislar bor edi. Masalan KPRdan ham kamroq maosh to'lanadigan Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Klopp Moyes o'rniga ayni vaqtda ham  birinchi raqamli nomzod bo'lib turibdi.

31. Natijalar esa faqat yomonlashib boryapti. 2013 yilda “Yunayted” 29 o'yindan 18tasida g'alaba qozondi, 6tasini durang bilan yakunladi va 5 bor mag'lub bo'ldi. 2014 yilda esa 17 o'yindan 7tasidagina g'alaba qozonib, 2 bor durang o'ynadi va 8 bor mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Yani yil boshlanganiga 3 oy bo'lmasidan o'tgan yilgidan ko'ra ko'proq mag'lubiyat alamini totib ko'rib bo'ldi. Eng achinarlisi shundaki, bundan buyog'iga hammasi yaxshi bo'lib ketishiga umid bog'lash uchun qandaydir asoslarning o'zi yo'q.


Abror Qodirov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика