Modrichga Turkiyaning ikkinchi divizion klubi qiziqish bildirmoqda
12 apr 00:23
Yangiliklar
Modrichga Turkiyaning ikkinchi divizion klubi qiziqish bildirmoqda
"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich yozdam jamoani tark etishi mumkin.
Xorvatiya terma jamoasi sardorining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Katta ehtimol, 38 yoshli futbolchini faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, hozirda Turkiyaning ikkinchi divizionidan ishtirok etayotgan, biroq amalda Superliga yo'llanmasini naqd qilgan "Eyuspor" jamoasi tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. SHu bois, klub rahbariyati 2018 yilgi jahon chempionati finalchisini safga qo'shib olmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, "Eyuspor" menejerlari allaqachon Modrich uchun taklif tayyorlashga kirishgan.
Eslatib o'tamiz, Modrich o'n ikki yil davomida madridliklar sharafini himoya qilib, "Oltin to'p" sohibiga aylandi hamda besh marta Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Fikrlar