Modrich: "Xorvatiya Marokashdan yaxshiroq o'ynadi"
23 noy 2022 22:23
Yangiliklar
Modrich: "Xorvatiya Marokashdan yaxshiroq o'ynadi"
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022 1-turida Marokashga qarshi o'yinda golsiz durangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. Birinchi bo'lim yakunida gol urishimiz mumkin edi, afsuski, buni uddalay olmadik. Biz raqibdan yaxshiroq o'ynadik va gol urishimiz kerak edi", - dedi Modrich.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, Xorvatiya terma jamoasi turnirni g'alaba bilan boshlashni juda xohlagandi. "Jamoa keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'ynaydi", deya qo'shimcha qildi Modrich.
Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Xorvatiya Kanada bilan o'ynaydi, uchrashuv 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar