So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  1 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  37 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  2 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  5 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

"Mixed zone". Husayin Norchaev: "O'yindan avval havotir yo'q edi" Yangiliklar

"Mixed zone". Husayin Norchaev: "O'yindan avval havotir yo'q edi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun eronlik tengqurlariga qarshi maydonga chiqdi va kichik hisobda g'alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz hujumchisi Husayin Norchaevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Xudoga shukur g'alaba qozondik. Vatanimizga chiroyli bayram bo'ldi, deb o'ylayman. Ishlashda davom etamiz. Oldinda Osiyo o'yinlari bor. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Xalqimizga xursandchilik ulashishga harakat qilamiz",- deydi Husayin Norchaev. 

- Eronga qarshi uchrashuv oldidan havotir bormidi?

- Bizda havotir yo'q edi. Eronga qarshi odatdagidek tayyorgarlik ko'rdik. 

- Jarima maydonchasi ichida ko'p vaziyatlar yaratdik. Lekin foydalanishga qiynaldik. Bu hayajon sabab edimi yoki raqib himoyachilarining munosib harakati?

- Bu omad bilan bog'liq, deb o'ylayman. Katta futbolchilarda ham bunday holat bo'lib turadi. Harakat qildim, o'xshamadi. Xatolarim ustida ishlab, yanada kuchliroq bo'lishga harakat qilaman. 

- Oldinda Osiyo o'yinlari kutib turibdi. Murabbiylar sizni tarkibga jalb qilish masalasini qay tariqa hal qilyapti?

- Hozirda terma jamoa murabbiylari "Alaniya" murabbiylari bilan gaplashishmoqda. SHundan keyin biror narsa deyish mumkin. 

- Bugun hakamlarga ko'p etiroz bo'ldi. Hakamlikdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Muhimi biz yutdik. Hakamlarni biz muhokama qilmaymiz. Ularni muhokama qiladiganlar bor. Biz ko'proq o'z o'yinimizni qilishimiz kerak.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика