"Mixed zone". Akrom Komilov: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"
17 mar 2023 22:12
Yangiliklar
"Mixed zone". Akrom Komilov: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"
Uchrashuvdagi Siyavash Haqnazari tomonidan urilgan yagona gol OKMKga g'alaba keltirdi. Golga Akrom Komilov assistentlik qildi. O'yindan so'ng uning fikrlarini tingladik.
"O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng tezda tiklanishimiz kerak edi. CHunki oldinda "Olimpik" bilan bahs kutib turgandi. Murabbiylar to'g'ri ko'rsatma berishdi, deb o'ylayman. Raqib taktik va texnik tomonlama kuchli jamoaligini bilardik. Xudoga shukur haqli ravishda g'alaba qozondik.
Assistga kelsak, ikkinchi bo'limda maydonga tushishimdan oldin murabbiylar oldinroqda jamoaga yordam berishimni aytishdi. To'pni Siyaga uzatdim, u gol urdi.
O'ylashimcha, sekin-asta formaga kirib bormoqdamiz. Keyingi o'yinlarda bundan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Akrom Komilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar