So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  2 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  83 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

Mirjalol Qosimov: “BAA ham yomon o'ynagani yo'q” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “BAA ham yomon o'ynagani yo'q”

BAA - O'zbekiston (0:4) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov bahs haqidagi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yinda legionerlarimiz jamoamizni ancha kuchaytirishdi. Qatar bilan bahsda asosan yoshlar o'ynagandi, Bahraynga qarshi uchrashuvda esa legionerlar endi kelishgandi. Yodingizda bo'lsa, Yangi Zeladiyaga 8 kun tayyorlangandik. Bugun ham BAA bilan boshqacha o'yin bo'lishini kutgandim. Yigitlar bir-birlariga ko'nikishlari uchun biroz vaqt kerak edi. Bu vaqt o'tdi va biz o'z o'yinimizni ko'rsata oldik", - deya gap boshladi Qosimov.

- O'tgan o'yinga nisbatan o'zgarishlar bo'ldi. O'yin esa avvalgisidan tezkorroq ko'rinish oldi...
- O'rtoqlik uchrashuvi bo'lganligi uchun o'zgarishlari bo'lishi aniq edi. O'tgan safar Sayfievni birinchi marta Bahraynga qarshi chap qanotda sinab ko'rgandim, bugun ham uni aynan shu erda o'ynatdim. Sababi BAA kuchli raqib.

- Birinchi goldan so'ng jamoamiz negadir to'pni markazda ushlashga harakat qildi. Bundan raqib foydalanib hujumga o'tdi.
- To'g'ri, goldan so'ng futbolchilar markazda to'pni juda tez raqibga berib qo'yyaverishdi. Bu xatolar ustida ishlashimiz kerak. Rejaga ko'ra to'pni ko'proq ushlagan holda, o'zimizning jismoniy holatimizni  meyorida ushlashimiz kerak edi, ammo biroz o'xshamay qoldi. SHunadan keyin yana hujumga o'tdik.

- BAAdan shunday o'yin kutganmidingiz? O'z uyida, azaliy raqibga qarshi...
- Umuman olganda yomon o'yin bo'lgani yo'q. BAA juda kuchsiz o'ynadi deb aytmagan bo'lardim. O'yinni ko'rmasdan turib hisobni eshitganlar O'zbekiston juda zo'r o'ynabdi deb o'ylashi mumkin, lekin ko'rdinglar qiyin o'yin bo'ldi. BAA ham gol urishi mumkin edi, biz esa o'zimizga berilgan imkoniyatlarni ko'kka sovurmadik.

- 3-5-2, 3-6-1 taktikalarini faqat mana shu o'rtoqlik uchrashuvlarida sinab ko'rdingizmi yoki keyinchalik ham shunday o'ynashda davom etamizmi?
- O'rtoqlik uchrashuvlari aynan mana shuning uchun ham kerak. Dekabr oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarida 5-4-1 va 5-3-2 kabi taktikalarni ham sinab ko'rishimiz mumkin. Osiyo Kubogida kuchli raqiblar o'ynaydi, shu bois turli taktikalarga tayyor turishimiz kerak. Masalan, Avstraliya terma jamoasini olaylik, ular ko'pincha ikkinchi qavatda o'ynashadi, tabiiyki hujumlar qanotdan uyushtiriladi. Bunday paytda, qanot himoyachilarimizni o'yinidan foydalanamiz, raqib bizga qanday o'yin taklif etsa, shunga qarab himoyalanamiz.

- Endigi rejalar qanday?
- Noyabr oxirida Toshkentda bir haftalik yig'in o'tkazamiz. Dekabr oyi boshida qaysi legionerlarimiz chempionatlarini tugatishsa avvalroq safimizga qo'shilishadi. Masalan, Anzur Ismoilov, Jeparov. Rossiya va Ukrainadagi legionerlarimiz esa kechroq yig'inga qo'shilishadi. Ular yi so'nggida safimizni to'ldirishlari kerak.


Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика