So’nggi yangiliklar

19:00ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — Эрон 0:0 (матнли трансляция)  45 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  43 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  45 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0

Mirko Yelichich: "Bikmaevga "Real" qiziqib qolishi mumkin" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Bikmaevga "Real" qiziqib qolishi mumkin"

Oliy liganing so'nggi 30-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin chempion jamoa bosh murabbiylari Andrey Miklyaev hamda Mirko Yelichich o'z fikrlarini bildirishdi.

Andrey Miklyaev:
- Juda xursandman. CHempionlik albatta yoqimli. Ammo bu bilan biz mavsumni yakunlmadik. CHempionat tugadi. Lekin oldimizda kubok finali turibdi. Hali tatilga chiqishga erta. CHempionlikni himoya qilish chempion bo'lishdan ham mushkul kechdi. Muvaffaqiyatimizning siri oddiy. "Lokomotiv" ham klub, ham jamoa sifatida birlashdi. Hamma bir maqsad sari dadil odimladi.


Mirko Yelichich:
- Mavsumdagi taassurotlar albatta ajoyib. Jamoamiz mavsum davomida juda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Jamoamiz o'yin bobida ham, jismoniy holat bo'yicha ham, ruhiy tomonlama ham bir maromda chempionatni o'tkazdi. Final oldidan chempionatning oxirgi uchrashuvini aynan "Bunyodkor" bilan o'ynaganimiz yaxshi bo'ldi. CHempionatni alo darajada yakunladik. Endi oltin dublni qayd etish uchun finalda g'alaba qozonishimiz kerak.

CHempionat yakunlandi. Tarkibimizdagi barcha 22 futbolchi ayni paytda maydonga tushishga tayyor holda. Nega? CHunki hammasi juda to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Mavsumni jarohatlarsiz yakunlash qiyin. Ko'plab jamoalarda chempionat oxiriga kelib jarohatlar ko'payadi. Bizda esa barcha futbolchilarning jismoniy holati yaxshi.

Legionerlar masalasi? Ha, biz legionerlarni tanlashda adashyapmiz. Bizda skautlar yo'q. SHu boisdan ham yutubdagi roliklarini ko'rib ularni jalb qilamiz. Agarda Marat Bikmaevni o'yinlarini qirqib, rolik qilib yasasa, ishoning, unga "Real" jamoasi qiziqib qoladi.

O'zbekistonda eng yaxshi va kuchli jamoa bu "Nasaf". Qarshida hammasi alo darajada. "Nasaf"ni ikkinchi davra chempioni deyish mumkin. SHu boisdan raqiblar ichidan "Nasaf"ni ajratib ko'rsatishim mumkin. Qarshida futbol uchun kerak bo'lgan barcha narsa mavjud. "Nasaf" klub sifatida ham ajoyib imkoniyatlarga ega.

Pro licenziya? Albatta Pro licenziyani qo'lga kiritish rejasi bor. Hozircha jamoa bilan ishlab unga o'qishga vaqt bo'lmayapti. SHu boisdan ham hozircha Pro licenziyani olishga ulgurganim yo'q. Kelajakda albatta ushbu licenziyani qo'lga kiritaman. Eng muhimi bu jamoa bilan birga ishlash. Men 20 yildan buyon professional klublarda ishlayapman. Eng yaxshi o'qish bu amaliyot.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика