So’nggi yangiliklar

19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  0 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  18 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  2 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  15 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1

Mirjalol Qosimov: "Yangi format chempionatimiz saviyasi oshishi uchun xizmat qiladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yangi format chempionatimiz saviyasi oshishi uchun xizmat qiladi"

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov taniqli mutaxassis, "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan kelasi mavsum Oliy liganing yangicha formatda o'tishi borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.


- Bu o'zgarish albatta chempionatimiz saviyasini oshirishi, sifatli o'yinlarni ko'payishi uchun xizmat qiladi. Bu qarorga kelishdan avval O'FF rahbariyati chuqur o'ylagani, barcha jihatlarni inobatga olgan bo'lishi kerak. Yangicha format, jamoalar sonini 12taga qisqartirilishi orqali Oliy ligaga oxirgi yillarda yo'qolgan intrigani yana qaytarishi mumkin.

Kelasi yildan jamoalar 33ta o'yin o'tkazishadi. O'ylaymanki, ushbu uchrashuvlar sifat jihatidan ancha yuqori saviyada o'tadi. SHunchaki o'yinlar soni keskin kamayadi. Hamma qilinayotgan ishlar albatta chempionatimiz saviyasini ko'tarish va terma jamoamiz manfaati uchun. CHunki Oliy ligamiz kuchaysa, bundan muxlislar va terma jamoamiz yutadi. Kuchli o'yinlarda toblanadigan futbolchilar terma jamoa libosida ham munosib o'ynashadi.

Faqat birgina holat, hozirgi paytda turnir jadvalining pastki 12-16 o'rinlardagi jamoalarga bu qaror noqulaylik tug'diradi. CHunki oxirgi to'rtta tur oldidan 16-12 o'rindagi jamoalar elitada jon saqlab qolishlari uchun keskin kurashga kirishishlari aniq. O'ylaymanki, bu qaror qabul qilinishidan oldin klub rahbarlari bilan ham maslahatlashilgan. Bu jamoalar chempionat avvalida bunday bo'lishini bilishmagan. Ularni to'g'ri tushunib turibman. Ammo O'FFda rahbariyat o'zgardi va bu qaror chempionatimizni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Boshqa tomondan olib qaralsa, oxirgi to'rtta tur pastki o'rinlardagi jamoalar uchun misoli final kabi o'tadi. "Dinamo", "Neftchi", "So'g'diyona", "SHo'rtan" hamda "Qizilqum" jamoalari ayni paytda xavfli hududdan uzoqlashish uchun kurash olib borishmoqda. Demak chempionat yakuni ancha qiziydi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика