So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy natija adolatli" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy natija adolatli"

Superliga doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Yangi mavsum start olganidan barcha xursand. O'yinga o'zgacha ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rgandik. AGMK jamoasini qanchalik jiddiy raqib ekanligini bilardik. Kumikov Olmaliqda ajoyib va kuchli jamoani shakllantirmoqda. AGMK himoyada zich o'ynab, qarshi hujumda xavfli o'ynaydigan jamoa sanaladi. Qolaversa standart vaziyatlarida ancha samarador futbol ko'rsatadi.

Bugungi o'yinning dastlabki bo'limida futbolchilardagi his-hayajon o'zimiz o'ylagan o'yinni namoyish etishga to'sqinlik qildi. Bu narsa o'z tasirini o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz o'yini ancha o'nglandi. O'ylashimcha, yakuniy natija adolatli bo'ldi. Meni quvontirgan holat bu jamoamiz oxirigacha kurashdi. Futbolchilarni ko'zlarida ishtiyoqni ko'rdim. Mavsum endi boshlandi. Bizni juda qiziqarli va qizg'in o'tadigan chempionat kutmoqda. O'ylaymanki, o'yindan-o'yinga jamoamiz muxlislar ko'rishni istayotgan futbolni jamoamiz ishtirokida tomosha qilishadi.

- SHohruh Gadoev bugungi o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagani nima bilan bog'liq?
- Ayni paytda Gadoevga xorijdan taklif mavjud. Biz bu borada unga qiziqayotgan klub bilan muzokaralar o'tkazmoqdamiz. Tez orada yakuniy kelishuvga erishilishi kutilmoqda. SHu boisdan ham Gadoev bugungi uchrashuvda ishtirok etmadi. Gadoevni jamoaga qaytarayotganimizda xorijdan taklif bo'lsa, unda uni qo'yib yuborishga kelishgandik.

- Debyut o'yinini o'tkazgan futbolchilarga qanday baho berasiz?
- Albatta har qanday yangi kelgan futbolchiga jamoaga qo'shilib, ko'nikib ketish uchun vaqt kerak. Nazorat uchrashuvlarida ularning hammasi yaxshi taassurot qoldirishgan. Ammo rasmiy o'yin boshqa. O'ylaymanki, yangi kelgan futbolchilar tez orada jamoamiz o'yiniga kirishib ketishadi. Yoshlar haqida gapiradigan bo'lsam, ular endi bo'ynilariga masuliyatni oladigan payt keldi. Ularga yoshlarga qaragandek munosabatda bo'lish noto'g'ri.

- Nurmatov hozirgi mavjud tarkibdagi hujum chizig'i vakillari orasidagi tajribali futbolchilar sirasiga kiradi. Ammo bu futbolchi ko'p vaziyatlarda to'pni yo'qotdi, darvozaga aniq zarba berishda ham oqsadi. Bu birinchi marta sodir bo'lmayapti. Balki mashg'ulotlarda ushbu hujumchiga o'z xatolarini ko'rsatib, unga individual yondoshish kerakdir...
- Biz mashg'ulotlarda barcha jihatlarni inobatga olamiz. Darvozabonlar, himoyachilar, yarim himoya va hujumchilarga ham alohida dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkaziladi. Kamchiliklar bor va biz buning ustida ish olib boramiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика