So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Mirjalol Qosimov: "Xorazm" maydoni ko'proq havaskorlar kelib o'ynasa bo'ladigan maydonga o'xsharkan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Xorazm" maydoni ko'proq havaskorlar kelib o'ynasa bo'ladigan maydonga o'xsharkan"

Bugun bo'lib o'tgan Kubok doirasidagi bahsda AGMK safarda "Xorazm" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

- Qiyin g'alabaga erishdik. O'yin tomonlama emas, maydon holatidan ko'proq qiynaldik. Birinchidan, suniy maydon. Ikkinchidan, xuddi betonga o'xshab juda qattiq ekan. SHaxsiy fikrim, bu kabi maydonlarda ishdan keyin kechki payt havaskorlar kelib, shunchaki dam olish uchun to'p tepib tursa bo'ladi. Lekin professional futbolchilarni bunday maydonlarda o'ynatish kerak emas. Ayniqsa, Superliga va Proliga jamoalari o'ynaydigan stadionlar yaxshi holatda bo'lishi kerak. 

- "Xorazm" haqida fikringiz? 

- "Xorazm" uy uchrashuvlarini shu stadionda o'tkazgani bois o'z maydonini juda yaxshi biladi. Ular bejizga "Andijon"ni mag'lub etgani yo'q. Yutganimizdan xursandman. Muhimi, o'yinni jarohatlarsiz tugatib oldik. Endi "Zomin" bilan bo'ladigan bellashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. "Xorazm" klubiga omad tilayman.

- AGMK Superliga turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bormayapti. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? 

- Mavsumning birinchi o'yinida nimalar bo'lganini hamma ko'rdi. Ikkita qizil kartochka va boshqa sabablar tufayli yutqazib qo'ydik. Hozir esa sekin-asta o'zimizni o'nglashga harakat qilyapmiz va tez orada kuchlilar safiga qaytamiz deb umid qilaman. Har bir o'yindan to'g'ri xulosa chiqargan holda keyingi uchrashuvga hozirlik ko'ryapmiz.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика