So’nggi yangiliklar

10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  0 10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  7 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  11 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  3 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  7 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0

Mirjalol Qosimov: "Qarshida bizni "olti ochko"lik bahs kutmoqda" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qarshida bizni "olti ochko"lik bahs kutmoqda"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Mashal" - AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.




"Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin pandemiya tufayli to'xtalishlar, FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffuslar futbolchilarni ritmdan chiqarib yuborayotganini barcha ko'rib turibdi. Bugungi bahsni juda ham qiyin boshladik. Kurashlarga boy, jangovor o'yin bo'ldi. Birinchi taymda raqib xatosidan keyin hisobda oldinga chiqib oldik. Har doim ham katta tanaffuslar o'yin ritmiga tasir qiladi. Lekin "Mashal" jamoasi ham yaxshi harakat qildi, yigitlar o'yinga chanqoq edi. Biroq yakunda tajriba o'z so'zini aytdi. Keyingi o'yinlarda "Mashal"ga omad tilayman", - deydi Qosimov.

- AGMK keyingi turda "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Bilamizki "Nasaf" OFK licenziyasidan o'ta olmagan va qaysi o'rinni egallasa ham OCHLga chiqa olmaydi. Bu narsa AGMKga birinchi va ikkinchi o'rin uchun kurashda ustunlik beradimi?
- Yo'q, bu holat hech kimning xayolida ham yo'q. "Nasaf" bilan o'yin - navbatdagi tur. Har bir uchrashuvga tayyorgarlik ko'rganimizdek bu bahsga ham tayyorlanamiz. OCHL va boshqa narsalar keyingi yil bo'ladi, biz ertani o'ylashimiz kerak. "Nasaf"ga qarshi bahs juda qiziqarli bo'ladi. Negaki bu jamoa yosh, o'yinga chanqoq yigitlardan iborat. Medallar uchun kurash bo'ladi, boshqacha aytganda Qarshida bizni "olti ochko"lik bahs kutmoqda.

- AGMK bugun kam hujum qilib g'alabani ilib ketdi. Hujum chizig'i, umuman o'yindan ko'nglingiz to'ldimi?
- Aytdimku, bugun birinchi taymda ham, ikkinchi taymda ham kurashlarga boy bo'ldi, ammo aqlni ishlatmadik. Bunga ketma-ket majburiy tanaffuslar tasir qilmoqda. Agar o'yinlar bo'laversa futbolchilar ritmda bo'lishadi. Istalgan murabbiydan so'rashingiz mumkin, futbolchilarga ham qiyin bo'lmoqda. Kurashda yutqazganimiz yo'q, futbolda faqat kurash emas aqlni ham ishlatish kerak.

- Futbolchilar maydon holatidan norozi bo'lishmadimi?
- Yo'q, bunday bo'lmadi. Bu erda o'zim ham o'ynaganman. Muborakda doim yaxshi maydon bo'lgan. Hozir yurtimizda kuz, yog'ingarchilik ko'p va sovuq, shu bois maydon yumshoq, maydon holati yaxshi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика