So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Mirjalol Qosimov: "OKMKda 10ga yaqin jarohatlanganlar bor" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "OKMKda 10ga yaqin jarohatlanganlar bor"

"Andijon" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing 23-tur o'yinidan (0:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Mirjalol Qosimov: "Kerakli natijaga erishish oson bo'lmadi. "Andijon"ni yaxshi o'rgangan edik. Raqib havodagi kurashlarda yaxshi o'ynashini hisobga olgandik. Andijonliklar "Paxtakor", "Navbahor" va "So'g'diyona"ga qarshi bahslarda aynan havolatib uzatilgan to'plardan so'ng gol urishgandi. Tayyorganligimiz foyda berdi, asosiysi uch ochkoga erishdik".

- "Andijon" liga etakchilariga qarshi bahslarning oxirida gol urib, ularga muammo tug'dirgan edi. Siz bahs oxirida nimalarni his qildingiz?

- Men yigitlarimga ishondim, hammasiga tayyor edik. To'g'ri, etakchilarga qarshi bahslarning oxirida gollar urib ketgandi, bu biz uchun qo'shimcha motivaciya bo'ldi. O'yin kurashlarga boy bo'ldi.

- OCHLdagi mag'lubiyatdan so'ng OKMKni "Andijon"ga qarshi bahsga tayyorlash qiyin bo'lmadimi?

- Qiyin. O'zimizga yarasha muammolarimiz bor. Jarohatlanganlar juda ko'p. Adashmasam 10ga yaqin. Bu ham bir tajriba deb o'ylayman. Bu sinovlardan o'tib olamiz. Meni qiynayotgan jihat jarohatlar.

- Jurnalistlar uchun har bir detal juda qiziq. G'alabadan so'ng ko'plab murabbiylar xursand xolda anjumanga keladi, sizda esa unday bo'lmadi.

- Raqsga tushib kirishim kerakmidi, g'alabani kiyinish xonasida nishonladik. Natijadan xursandman. Futbolga kecha kelganimiz yo'q. Endi navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика