Mirjalol Qosimov: "OCHLni yaxshi boshlay olmadik. Endi g'alaba qozonish kerak"
22 okt 2023 18:06
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "OCHLni yaxshi boshlay olmadik. Endi g'alaba qozonish kerak"
OCHLning 3-turi doirasida "Sepaxon"ga qarshi o'yindan oldin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi.
- G'alabani kutyapmiz. Musobaqani yaxshi boshlay olmadik. Safarda mag'lubiyat qabul qilib olganimizdan keyin o'z maydonimizda xatolarimiz sababli Iroq jamoasiga mag'lub bo'ldik. Hali kurashamiz, imkoniyatlarimiz bor. SHu sababli har bir imkon uchun kurashamiz va ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bundan keyin imkoniyatlar pasayib ketadi.
Anzur Ismoilov: - G'alaba uchun maydonga tushamiz. Bizga 3 ochko juda muhim. Ikki o'yinda yutqazdik, endi ochko olish kerak. Oson o'yin bo'lmaydi. Eron jamoalarini bilamiz, ular doimo kuchli, jangchi bo'lib kelishgan. Ammo biz nima bo'lsa-da, g'alaba uchun o'ynaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar