So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  24 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  45 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  18 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  6 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o'yindagi jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o'yindagi jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo'q"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Derbiga xos qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugun omad "Metallurg"ga kulib boqdi. CHunki birinchi taymda ham, gol o'tkazgandan keyin ham ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Lekin gol bir kirmasa qiyin ekan. "Metallurg" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Men bugungi o'yindagi jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo'q. Ularning ko'rsatgan o'yinidan xursandman. Ular bahs so'nggiga qadar oxiragacha kurashishdi. Futbolda g'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bugungi futbol uchun minnatdorchilik bildirib qo'ydim. CHunki uyaladigan o'yin qilishgani yo'q. Futbolda yozilmagan qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Suhrob Sultonov va Saydullo Rahmatov koronavirus chiqqani tufayli bugungi o'yinda nafaqat maydonda, balki qaydnomadan ham o'rin olishmadi. Ular izolyaciya qilingan. AGMKda yarim jamoadan ko'prog'i mazkur kasallikdan o'tib bo'lishdi.

Hujumchilarning samaradorligi pastligi? Uchta hujumchiga 4ta gol? Bu albatta kam. Biz imkon qadar uchala hujumchimiz xizmatidan foydalanyapmiz. Bugun ham ularda gol urish uchun imkoniyat paydo bo'lgandi. Ishlayapmiz. Albatta hujumchilarning golli ko'rsatkichi past.

Hojimat Erkinovning ketishi? Bizda Hojimat Erkinov ijarada asosida o'ynardi. "Paxtakor" klubi uni ortga qaytardi. Uning yo'qligi jamoamiz o'yiniga katta tasir qildi, demagan bo'lardim. Albatta bizda yaxshi o'ynab, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Iqtidorli futbolchi. "Paxtakor" OCHL uchun Erkinovni ortga qaytardi. SHu fursatdan foydalanib, "Paxtakor"ga va Hojimat Erkinovga indinga restart oladigan OCHLda omad tilayman", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Mirjalol Qosimov.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика