So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  2 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  2 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  5 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  6 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Mirjalol Qosimov: "Joriy mavsum "Paxtakor" hammadan bir bosh balandligini isbotladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Joriy mavsum "Paxtakor" hammadan bir bosh balandligini isbotladi"

AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Liga Kubogi finalidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bunaqa hisobdan keyin gapirishning hojati ham yo'q. "Paxtakor" jamoasi joriy mavsum boshqalardan har jabhada kuchli ekanligini isbotladi. Bugungi bahsda ham haqli ravishda g'alaba qozondi. Liga Kubogi musobaqasi tarixda ilk bor o'tkazilgani bois, bizning jamoa ham g'olib chiqib, tarixda birinchi bo'lishga harakat qilgandi. Lekin o'yinda raqib jamoa bir bosh balandligini ko'rsatdi. O'zbekiston chempionatida ham, kubok bahslarida ham "Paxtakor" joriy mavsum tengsiz bo'lgani bejiz emas. O'zbekistondagi eng yaxshi va kuchli ijrochilar yig'ilgan. Haqli ravishda barcha frontda g'alaba qozongan "Paxtakor"ni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.  

Mavsum tugadi. Buyog'iga tatil. Fursatdan foydalanib AGMK rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, futbolchilarimiz, butun shtabdagi barcha xodimlarga yil davomidagi mehnatlari uchun rahmat aytaman. To'g'ri, yaxshi va yomon o'yinlar bo'ldi. Bu ish jarayonida kuzatiladigan holat. 

Qolaversa, biz uchun eng kerakligi - muxlislarga qiyin paytda ham jamoamizga dalda bo'lganliklari, xursandchilikda birga yonma-yon turishgani uchun rahmat aytaman. Ular butun mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. O'zim hamda jamoa nomidan ularga minnatdorchilik bildiraman. 

Mavsum jamoamiz uchun bir tekisda o'tgani yo'q. Mavsum avvalida juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Qolaversa, o'zaro kirishib ketish, jamoaviy tushuncha paydo bo'lishi qiyin kechdi. Birinchi davrada katta xatolar kuzatildi. Davralar oralig'idagi tanaffusdan keyin jamoaning ichki muhiti ham yaxshilandi va bu o'yin hamda natijalarda ham yaxshi manoda aks etishni boshladi. O'zaro o'yin ko'nikmasi va tushunchasi yaxshi shakllandi. Mavsumning ikkinchi qismida kerakli ochkolar jamg'arildi. Biroq oxirgi turlarda, ayniqsa Buxoroda ozgina omad kulib boqmadi. Aks holda mavsumni 6-o'rinda yakunlardik. Qisqa qilib aytganda, ikkinchi davrada jamoa ancha o'sishga erishdi va kuchaydi. 

Kelasi mavsum? Avval 3-4 kun futboldan biroz chetlashib, hordiq chiqarish lozim. Keyin esa mavsum davomidagi ishlar tahlil qilinadi. Kimlar ketadi yoki kim qolishi keyin aniqlanadi. SHuningdek, rahbariyat bilan uchrashib  gaplashib olamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика