So’nggi yangiliklar

14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  19 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  7 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  11 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi gol o'yin taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi gol o'yin taqdirini hal qildi"

Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan Nasaf – AGMK (2:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob berdi.




"Ikkita bir-biriga munosib jamoalar to'qnashuvi bo'ldi. Turnir jadvalidan ham olib qaralganda juda muhim va kerakli o'yin edi. Birinchi bo'limda o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata olmadik. Natijada o'z-o'zidan standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Birinchi bo'limda imkon qadar teparoq o'ynab pressing qilishimiz kerak edi. SHunga men hayron qoldim, yigitlar ikkinchi raqam ostida harakat qilishdi. O'yinga tayyorgarlik jarayonida unday ko'rsatma bermagan edim. Istaymizmi yo'qmi o'z darvozamiz oldida noto'g'ri o'ynaganimizdan so'ng Marko Stanoevichda ham ochiq hududlar paydo bo'ldi. Bu futbolda bo'lib turgan narsa, darvozabonimizni ham ayblamagan bo'lardim. Tanaffusda futbolchilarga tushuntirdik, kerakli o'yin, barchasi o'z qo'limizda ekanligini takidladik. Ikkinchi bo'limda yigitlar 15-20 daqiqa golga qadar yaxshi harakat qilishdi. "Nasaf"da ikkinchi golida uchinchi zonada to'pni yo'qotdik. Ikkinchi gol o'yin taqdirini hal qildi. "Nasaf" bilan o'yinlarda oddiy elementar xatolar ham qimmatga tushishi mumkin. Kurash davom etadi, chempionat bahslari hali oldinda. Qolgan uchrashuvlar bundan ham qiziqarli va kurashlarga boy bo'ladi deb o'ylayman. Ketma-ket to'rtinchi bor mehmonda o'ynashimiz, bu ruhiy tomondan jamoaga tasir qiladi",- deydi Mirjalol Qosimov.

- Sanjar Tursunovni o'yinidan qoniqdingizmi?
- Jamoamizda 23 nafar futbolchi bo'lsa, ularning har biridan foydalanishga harakat qilamiz. Futbol jamoaviy o'yin, oldinda boshqa uchrashuvlar ham bor. Kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi

- AGMKda nafaqat kumush medal va chempionlik uchun ham imkoniyat saqlanib qolinmoqda...
- Ha, imkoniyatimiz bor. Mana shunday derbi maqomidagi uchrashuvlarda ochko yo'q yo'qotishga haqqimiz yo'q. Raqobatchilarga ochko ulashmasligimiz kerak, xatolarga yo'l qo'ymasligimiz darkor.

- Erkin Baydullaevning jamoadan ketishini nima bilan izohlaysiz?
- Hech narsa bilan izohlay olmayman. Jamoadan ketishni o'zi so'radi. Futbol jamoaviy o'yin.

- "Nasaf"ning birinchi davradagi o'yini bilan solishtirganda bugun o'sish sezdingizmi?
- Futbol shunaqa narsaki bu raqibning qanday o'yin taklif qilishiga bog'liq. Bugun ikkinchi bo'lim boshidagi o'yinimizni birinchi bo'limda qilganimizda boshqa bo'lishi mumkin edi.

- "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf"ga qarshi olti ochkolik bahs bo'lishini aytgan edingiz. Bugun olti ochko yo'qotdik deb o'ylaysizmi?
- Oradagi farq besh ochkoni tashkil qilardi. Hech bo'lmaganda mag'lubiyatga uchrashimiz kerak emas edi. Lekin, maydonga har doim g'alaba uchun chiqamiz. O'zimiz istamagan holatda mavsumning so'nggi pallasini qiziqarli kechishini saqlab qoldik.

- Bahrom Abdurahimov ikkinchi bo'limda mazmunli o'yin namoyish etdi. Uni dastlabki daqiqalardan tushirishni imkoni bo'lmadimi?
- Mumkin edi, bir tomondan Oybek Bozorov, ikkinchi tomondan Islom Kenjaboev singari tezkor futbolchilar borligi uchun tanyach nuqtasini kuchaytirdik. Agarda yiqilishimni bilganimda tagimga ko'rpacha solib olgan bo'lardim.


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика