So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  2 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Mirjalol Qosimov: "Gol urib olganimizdan so'ng xotirjamlikka berilyapmiz, ushbu holatni to'g'irlashimiz kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Gol urib olganimizdan so'ng xotirjamlikka berilyapmiz, ushbu holatni to'g'irlashimiz kerak"

OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan (4:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvda haqidagi fikrlaringiz?

- Fikrlarimni aytib o'tishdan avval kuni kecha olamdan o'tgan Viktor Jalilovni xotirlab o'tsam. Viktor Jalilovning oilasiga va yaqinlariga, o'zim va jamoam nomidan chuqur taziya bildiraman. Bu hikmat barchamizni kutib turibdi, o'zbek futboli uchun juda katta yo'qotish bo'ldi. Viktor Jalilov qo'l ostida to'p surganman, yaxshi inson edilar. O'yinga keladigan bo'lsak, bahs oson o'tmadi. Gol urib olganimizdan so'ng 10-15 daqiqa davomida xotirjamlikka berildik, ushbu holatni to'g'irlashimiz kerak. O'tgan uchrashuvda "Paxtakor" bizni kechirmadi va bugun "Qizilqum" ham bizni jazolashi mumkin edi. Tanaffusda yigitlarga shu narsani aytib o'tdim va ikkinchi taymda futbolchilar ancha o'zgarishdi. Bugungi uchrashuvda adolatli tarzda g'alaba qozondik deb o'ylayman.

- OKMK jamoasini yorqin o'yin namoyish etmoqda, lekin kutilmaganda jamoa ochko yo'qotmoqda. Bunga sabab nima?

- Futbol hech kimni kechirmaydi. Futbolchilar bir soniyaga xotirjamlikka berilsa, bo'ldi tamom. Bir o'yinni eslatib o'tsam, 1989 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak final bahsida Nigeriyaga qarshi bahs o'tkazganmiz. 4:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik, uchrashuv yakunlanishiga 25 daqiqa qolgan edi. Xotirjamlik berilganimizdan so'ng 4:4 hisobida uchrashuvni yakunladik va penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandik. O'sha uchrashuvdan so'ng 24 kun shifoxonada davolanganman(kuladi) ruhiy holatimni to'g'irlash uchun.

- Sanjar Tursunovning qaytgani jamoaga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Har bir o'yinchi muhim. Sanjar o'ta tajribali futbolchi va yosh futbolchilar Sanjardan namuna olishi kerak. Futbolchi jamoaga foyda keltirsa, yoshiga qaramay maydonga tushaveradi, hatto u 50 yoshda bo'lsa ham. Sanjar jamoaning lideri va barchaga yordam beradi. Oddiy so'zlar bilan tariflargada u jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri.

- SHu sabab Denisovga o'yin amaliyoti taqdim etilmayaptimi?

- Yo'q, Vitaliy endigina jarohatdan qutildi. Mening ixtiyorimda 20 nafar futbolchi bor va Superligada eng ko'p rotaciya qiladigan murabbiy men bo'lsam kerak. Iloji boricha barchaga o'yin amaliyotini taqdim etamiz.

- Tunislik legioner Salem o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Davralar oralig'ida Salemning o'rniga boshqa bir legioner himoyachi olib kelish niyati bormi yoki u shartnoma so'ngiga qadar jamoada qoladimi?

- Rejalarimiz bor, lekin ular hali amalga oshadi yo'qmi bilmaymiz. Lekin voqealar shunday rivoj olishini inkor etib bo'lmaydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика