So’nggi yangiliklar

22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7

Mirjalol Qosimov: "Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi"

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Surxon" - OKMK (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Hayit ayommi bilan barchani qutlayman. O'yindan ko'nglim to'lmadi. Futbolchilar maydonga g'alabani qo'lga kiritib bo'lgandek tushishdi. Bugun yaxshi o'ynay olmadik. "Surxon" jamoasi esa bugun haqli g'alabani qo'lga kiritdi. So'ngi 15 daqiqada jonlandik va hujum qila boshladik. Lekin o'yin so'ngida hujum qilishni boshlab g'alaba qilishning iloji yo'q.


- O'yin so'ngida jamoangiz hujumlari ko'paydi. Buning asosiy sababi esa yosh futbolchilar Abdurazzoqov va Holmurodovlarning maydonga tushirilgani. Ikki yosh futbolchini ertaroq o'yin qo'shish varianti yoki asosiy tarkibda imkoniyat berib ko'rish haqida o'ylab ko'rdingizmi? Yosh futbolchilar tezkor va jismoniy tomonlama ham ancha kuchli. Holmurodov bugun gol ham urdi va to'p bilan yaxshi muomala qila olishini isbotladi.

- Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Jamoa bilan birga bo'lsangiz barcha savollaringizga javob topasiz. Yosh futbolchilar har doim o'z ustida ishlashi kerak. Ular asosiy jamoaga keldi va buyog'iga asosiy tarkibdan joy oladi degan emas. Holmurodov Turkiyadagi yig'in doirasida 6ta uchrashuvda ishtirok etdi va 4ta gol urdi, ammo Superliga o'yinlarida esa gol urmadi. Aziz hali o'z ustida ko'p ishlashi kerak. Mehnat qilsa yaqin orada terma jamoa safida bo'lishi ham mumkin. 

- "Surxon" klubi OKMK uchun noqulay raqib bo'lib qoldi. Sizning fikringiz qanday? Asadbek Karimovning o'yinini ko'rdingiz. Karimov o'tgan mavsum ham OKMKga gol urgandi.

- Futbolda noqulay va omadsiz raqib degan tushunchalarga etibor bermayman. "Surxon" safida bitta Asadbek Karimov o'ynamadi. Maydonga chiqib yaxshi futbol namoyish etish kerak va shundagina noqulay raqiblar qolmaydi.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика