So’nggi yangiliklar

10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  0 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  2 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  4 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  5 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  47 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  13

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarim 10 kishi bo'lib, hisobda ortda borayotib ham qo'lni tushurishmadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarim 10 kishi bo'lib, hisobda ortda borayotib ham qo'lni tushurishmadi"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




"Jangovar va qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan uchrashuvda o'z darvozamizdan to'p olib chiqqandik, qolaversa Yovan Jokich ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatilgan edi. Bu safar Dilshod Jo'raev shunday vaziyatga tushib qoldi. 

Lekin, o'yindan taassurotlar yomon emas. Faqat natija yo'q. Birinchi bo'limda ham golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Undan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Men o'ylaymanki, ikki jamoa haqli ravishda bir ochkoni qo'lga kiritdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarim 10 kishi bo'lib, hisobda ortda borayotib qo'lni tushurishmadi. Yakunda standart vaziyatdan gol urdik. 

Bugun ko'plab tanishlar, befarq bo'lmagan insonlar, turli saytlar, OAVlar va muxlislar tug'ilgan kunim bilan tabriklashdi. Fursatdan foydalanib sizlarni sayt orqali o'zimni minnatdorchiligimni bildiraman. Ularga javob yozishga vaqtim bo'lmadi. Hali telefonimni ham ochganim yo'q. Yana nega javob bermadi, taltayib ketdi degan hayolga borishmasin. Hammaga rahmat. 

Faqat Suhrob Sultonovda muammo bor, qolganlar o'yinga tayyor edi. Valijon Rahimov ham o'tgan uchrashuvda yomon turmadi. Qo'l ostimdagi shogirdlarimni hammasiga o'yin amaliyoti berishga harakat qilmoqdaman. Roman Abdulovni bugungi uchrashuvga asosiy tarkibga qo'ydim, ammo o'yini ko'ngildagidek chiqmadi. Bu mening xatoim. Bu hayotda bo'lib turadigan narsa. Yigitlarga darvozabonimizni xatosini yuvib ketishgani uchun rahmat. Futbolda bunday holatlar tez-tez uchrab turadi ",- deydi Qosimov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика