Mirjalol Qosimov: "Buxoro" Pro ligaga tushib ketganiga qaramay, bor kuchi bilan harakat qildi"
22 noy 2023 22:54
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Buxoro" Pro ligaga tushib ketganiga qaramay, bor kuchi bilan harakat qildi"
Bugun Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Buxoro" – OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
- O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'ldi. Hamma taraflama. Yigitlarni ruhan tayyorlash oson bo'lmadi. Finaldan keyin tushkunlikka tushishlari tabiiy. "Buxoro" Pro ligaga tushib ketganiga qaramay, bor kuchi bilan harakat qildi. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Yil oxiri, charchoq alomatlari bilindi.
- Jamoada bu yil ham chempionlar ligasiga chiqish imkoniyati bormi?
- Yo'q, keyingi yil ikkita o'rin beriladi. Kubok g'olibi va chempionga. Kubok finali oxirgi imkoniyatimiz edi. Bu uchrashuvda mag'lub bo'ldik.
- Futbolchilar ruhiy tushkunlikdan tez chiqib ketishdimi?
- Hammasi yil oxiriga yig'ilmoqda. CHempionatimiz qiziq o'tmoqda, so'nggi tur qoldi. "Nasaf"ga qarshi o'yin. "Buxoro" jamoasiga tezroq ortga qaytishni tilayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar