So’nggi yangiliklar

10:40"Бунёдкор-2011" халқаро турнирда совриндорга айланди  1 10:09"Эльче" — тарихда "Барселона"дан кўпроқ тўп назоратига эга бўлган илк янги жамоа  0 09:55Венсан Компани: "Олдимизда Чемпионлар Лигасининг фаворитларидан бири билан синов турибди"  0 09:35Легионерларимиз. Умарали Раҳмоналиев тўлиқ ўйнаган баҳсда "Сабаҳ" ғалаба қозонди  1 09:15Хаби Алонсо "Реал Мадрид"га янги Кроосни топди  2 08:55Легионерларимиз. Рустам Ашурматов Эрон чемпионати 9-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  1 08:28Жозе Мораиш мураббий сифатида ўзбек клубларига ютқазмаяпти  8 08:08Сербия чемпионатида мураббий ўйин пайтида вафот этди  0 07:42"Барселона" Эрлинг Холандни 2026 йил ёзида қўлга киритишни режалаштирмоқда  5 01:47Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" меҳмонда зафар қучди ва яна жадвалда етакчига айланиб олди  0 01:08Урата: "Бунёдкор"ни тарк этаман? Бу ҳақида гаплашишни хоҳламайман"  2 00:56"Реал" ҳужумчиси жамоани тарк этишга қарор қилди  36 00:00Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ваҳда" 1:2  5 23:53Элит ОЧЛ. "Ал Ваҳда" бош мураббийи Жозе Мораиш: "Ғалабамизнинг асосий сабаби интизом ва характерда деб ўйлайман"  8 23:19Элит ОЧЛ. "Тракторсози" ғалабага эришди, Ҳамробеков майдонга тушди, "Ал Дуҳайл" илк уч очкосини тантана қилди (+ЖАДВАЛ)  3

Mirjalol Qosimov: "Bashorat qilishni yoqtirmayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bashorat qilishni yoqtirmayman"

Coca-Cola O'zbekiston kubogi musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Nima ham deyish mumkin, yaxshi o'yin bo'ldi. Yarim finalda bir-biriga mos ikki kuchli raqib to'qnash keldi. Tomoshabinlar jangovor ruhdagi qarama-qarshilik guvohiga aylanishdi. Futbolda gol urmasang, yutmaysan.

O'yinni yaxshi boshlagandik, birinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda xatoga yo'l qo'ydik. Finalga chiqib shu orqali OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Bugungi o'yinda mezbonlarning g'alabasini 2 nafar himoyachi hal qilib ketdi. Albatta, standartlar borasida ko'rsatma bergandik. Har bir futbolchiga biriktirilganlar bor edi. Ammo, ozgina etiborsizlik sabab gol o'tkazib yubordik. "Nasaf"ni final yo'llanmasi bilan tabriklaymiz, keyingi o'yinlarda omad.

- "Nasaf" bilan ketma-ket ikki bor kubok yarim finalida to'qnash kelayapsizlar. Jamoani qay darajada o'rgangan edingiz va qaysi chiziqlar pand berdi?

- Bu borada aytdim, standart vaziyatlardagi etiborsizlik tufayli gol o'tkazib yubordik. O'tgan o'yinda "Qizilqum" ham aynan standart vaziyatda yo'l qo'ygan xatomizdan foydalanib ketgandi. "Nasaf"da Aliqulov, Eshmurodov kabi futbolchilar bunday vaziyatlarda juda yaxshi ishlashadi.

- Sizningcha, ertangi o'yinda kim finalga chiqadi?

- Bu men eng yomon ko'rgan savol. Bashorat qilishni yoqtirmayman. Siz yoki mening aytganim bo'lganida hozir finalga chiqqan bo'lardik.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика