So’nggi yangiliklar

13:29"Реал" ПСЖ юлдузи учун катта миқдорда маблағ ажратди  2 12:58Адҳамзода "Нефтчи"га қайтмоқда  3 12:34Афсонавий Де Росси мураббийликка қайтиши мумкин  0 12:05Ўзбекистонлик ўсмирлар мундиалга қандай тайёргарлик кўрди?  3 11:16Златан охирги марта қачон йиғлаган?  2 10:45Эрик тен Хаг АПЛда иш бошлаши мумкин  7 10:16Гвардиола: "Умид қиламан..."   2 09:48"Барселона" бир шарт билан Маркус Рэшфордни сотиб олиши мумкин  4 09:20ПСЖ етакчиси "Бавария"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  5 08:53"Барселона" ТОП ҳужумчини 65 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 08:26АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди  0 07:57Суперлига. Тошкент дербиси билан тур якунланади  23 07:45Ла Лига. "Бетис" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Антони иккита гол урди ва битта голли узатмани амалга оширди  5 07:30Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" навбатдаги турини ўтказади  7 02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  7

Mirabror Usmonovni xotirlab Yangiliklar

Mirabror Usmonovni xotirlab

O'zbekiston futbol federaciyasi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov hayot bo'lganida bugun 75 yoshni qarshi olgan bo'lar edi.

"O'z ishining chin fidoiysi sifatida katta hurmatga sazovor bo'lgan Mirabror Zufarovich o'zbek futbolining rivoji yo'lida ulkan ishlarni amalga oshirganini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.

Mirabror Usmonov rahbarlik yillarida milliy sportimiz, xususan futbol Osiyo qitasida o'z obro' va etiboriga ega bo'ldi. Jumladan, O'zbekiston yoshlar hamda o'smirlar terma jamoalari 5 bora Jahon chempionatlarida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, mamlakatimiz turli yosh toifalarida 5 ta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. SHuningdek, Mirabror Usmonov tashabbusi bilan yurtimizda mavjud infratuzilma yaxshilandi, bir nechta stadionlar, sport inshootlari barpo etildi.

Yurt sporti rivoji yo'lidagi xizmatlari uchun Mirabror Zufarovich “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati”, “Do'stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.

Mirabror Zufarovich 2006-2017 yillar mobaynida O'zbekiston futbol federaciyasi rahbari sifatida, 2013-2017 yillarda Milliy Olimpiya qo'mitasi, 2015-2018 yillar davomida esa Markaziy Osiyo futbol associatsiyasi prezidenti sifatida samarali faoliyat olib bordi.

Mirabror Usmonovning o'zbek futboli rivoji yo'lida amalga oshirgan say-harakatlari va u kishining yorqin xotirasi hamisha yodga olinadi", O'FA matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика