So’nggi yangiliklar

00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  7 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6

Mino Rayolaning "sigirlari" Yangiliklar

Mino Rayolaning "sigirlari"

Asli kelib chiqishi italiyalik bo'lgan 52 yoshli niderlandiyalik agent Mino Rayolani barcha futbol muxlislari yaxshi taniydi.

Ayrim muxlislar uni yomon ko'rishsa, bazilari agentning ishbilarmonligiga qoyil qoladi.

Qayd etish kerak, uning top-mijozlari narxi anchagina yuqori. Uning yirik transferlari narxini umumiy hisoblaganda 660 mln evroni tashkil qiladi. Ha, biz ularning faqatgina transfer narxini bilamiz. Rayola ushbu transferlardan katta summa ishlab oladi.

15. Alfons Areolya – 16 mln evro

27 yoshli francuz aslida PSJga tegishli. Hozirda u ijara asosida "Real" tarkibida o'ynamoqda.

14. Kelvin Stengs – 20 mln evro

21 yoshli futbolchi "AZ Alkmaar" jamoasi futbolchisi. Hozirgi paytda u ushbu jamoa tarkibida o'ynamoqda. Yaqin vaqtlarda u ham katta jamoalarga yuqori summada pullanishi kutilmoqda.

13. Genrix Mxitaryan – 25 mln evro

31 yoshli futbolchi Armaniston terma jamoasi futbolchisi va ayni damda "Roma" tarkibida o'ynamoqda. Rayola ortidan u tez-tez jamoasini o'zgartirib turibdi.

12. Jastin Klyuyvert – 25 mln evro

Patrik Klyuyvertning 20 yoshli o'g'li Niderlandiya termasi va "Roma" futbolchisi hisoblanadi. Unga ko'plab katta klublar xaridor bo'lib turishibdi.

11. Doniell Malen – 28 mln evro

21 yoshli PSV futbolchisiga "Barselona" va "Real" qiziqish bildirayotgani Rayolaning yaqin vaqtlar ichida katta summa ishlab olishini bildiradi.

10. Moyze Kin – 28 mln evro

20 yoshli italiyalik futbolchi yozgi transferlar oynasining so'nggi kunlarida "Everton"ga o'tdi. Uning transferidan Mino katta summa ishlab oldi.

9. Markus Tyuram – 28 mln evro

13 mln evro evaziga Menxengladbaxning "Borussiya"siga o'tgandi. Mino transferdan 2 mln evro komissiya pul olgan. Markus 22 yoshda.

8. Irving Losano – 35 mln evro

24 yoshli meksikalik futbolchi ayni damda "Napoli" tarkibida o'ynamoqda. U 2019 yili 45 mln evro evaziga PSVdan Italiyaga ko'chib o'tgandi. Irving termaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

7. Konstantinos Manolas – 40 mln evro

28 yoshli grek Losanoning jamoadoshi hisoblanadi. "Napoli" ushbu himoyachini "Roma"dan 36 mln evroga sotib olgandi.

6. Alessio Romanoli – 45 mln evro

25 yoshli italiyalik 2015 yildan buyon "Milan" futbolchisi hisoblanadi. U "Sampdoriya"dan milanliklar tarkibiga o'tgan.

5. Janluiji Donnarumma – 55 mln evro

21 yoshli kiper "Milan"dan ketmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi. Katta ehtimol bilan Rayola uni jamoadan olib ketadi.

4. Lorenco Insine – 60 mln evro

28 yoshli hujumchi "Napoli"ning asosiy futbolchilaridan biri va Rayolaga katta maosh to'laydigan kam sonli futbolchilardan.

3. Marko Verratti – 75 mln evro

27 yoshli italiyalik futbolchi Italiya termasi va PSJning markazida o'ynaydi. U 2012 yilda "Verona"dan Parij jamoasiga o'tgandi.

2. Erling Xoland – 80 mln evro

19 yoshli hujumchi qishki transferlar oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"ni emas, Dortmundning "Borussiya"sini tanladi.

1. Pol Pogba – 100 mln evro

27 yoshli franciyalik Rayolaning asosiy mijozi hisoblanadi. 2016 yilning yoziga qadar u "Yuventus"da o'ynadi va keyinchalik 100 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga qaytgandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика