So’nggi yangiliklar

00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  58 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  44

Bir o'yin tarixi. O'mon O'zbekistonni Olmaliqda qanday mag'lub etgandi? Ahmedov debyut qilgan, PSJ sobiq murabbiyi Qosimovni enggan o'yin Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'mon O'zbekistonni Olmaliqda qanday mag'lub etgandi? Ahmedov debyut qilgan, PSJ sobiq murabbiyi Qosimovni enggan o'yin

O'mon bilan tarixdagi o'yinlar o'ziga yarasha qiyin va murosasiz bo'lib kelgan.

Bugun yodga olmoqchi bo'lgan uchrashuvimizga Olmaliq shahri mezbonlik qilgan va o'yin hozirgi OKMK stadionida bo'lib o'tgan. Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvi doirasida franciyalik Pol Le Guen boshchiligidagi O'mon terma jamoasini qabul qilgan. Tajribali mutaxassis bunga qadar Kamerun terma jamoasi, PSJ, “Lion” klublaridagi faoliyati bilan tanilganini katta yoshli ishqibozlar yaxshi bilishadi deb o'ylaymiz.


Osiyo kubogi-2015 tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan terma jamoamizga O'mon sparring raqib vazifasini o'taydi. Bilasiz, bu terma jamoa bilan ilgarlari ko'p bor yo'llarimiz kesishgan. JCH-2002 saralash bosqichida 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz, birinchi o'yinda 5:0 hisobida vakillarimizning qo'li baland kelgan. Shunday ekan ularga jiddiy munosabatda bo'lish talab etilardi. Garchi, o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham. 

Murabbiy ushbu bellashuvga umuman boshqa va hech kim kutmagan futbolchilarni tarkibga jalb qildi. Chaqirilganlar orasida yangi nomlarni uchratshimiz mumkin edi. Azim Ahmedov, Shuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Sanjar Shoahmedov, Navro'zbek Alimov va hokazo. Shuningdek, o'sha vaqtda Serbiyaning “Yavor” klubida to'p tepayotgan yosh futbolchi Husniddin G'ofurovga imkoniyat beradi. Tajribali yarim himoyachi shundan so'ng Ektor Kuper davridagina chaqiruv oladi. Bahsni nisbatan ikkinchi tarkib bilan boshlagan terma jamoamizni Odil Ahmedov sardor sifatida olib tushdi. Server Jeparov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze singari etakchilar bu safar qaydnomadan o'rin olishmadi. O'yin rasmiy maqomga ega bo'lmagani uchun qolgan futbolchilar sinovdan o'tkazishga qaror qilindi. Bu paytga kelib Baxtiyor Ashurmatov ham murabbiylar shtabiga taklif etilgandi. Qosimov ham “Bunyodkor”dan ketib bor etiborini milliy jamoaga qaratishga kirishgandi. 

O'mon darvozasini shu kuni ko'pchilik kutgan, Angliyaning “Uigan”, “Vest Bromvich” klublarida harakat qilgan Ali Al Habsi emas, Al Rashidi qo'riqlaydi. Ilk daqiqalardan mazmunli futbol ko'rsatishga harakat qilga futbolchilarimiz asosan bir tepar usuli bilan o'monliklar himoyasini yorib o'tishga harakat qilib ko'rishdi. To'p nazorati ham hamyurtlarimiz tomonida bo'ldi. 

Ammo, 17-daqiqaga kelib raqib o'yindagi ilk hujumini tashkil qildi. Himoyachilarimiz esa qupollik bilan ularning o'yinchisini to'xtatdi. Vladislav Ceytlin belgilagan nuqtaga Al Xadri yaqinlashdi va Eldor Suyunov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Al Mahaijri gol urib hisobni ochadi. Ushbu futbolchi O'mo terma jamoasida shu vaqtga qadar eng ko'p 178ta uchrashuvda qatnashgan o'yinchi hisoblanadi. Aynan uning goli birinchi bellashuvda jamoasiga g'alabani olib kelgandi. 

Bir tomondan mag'lubiyatga oddiy qarash kerak, boshqa tomondan mag'lubiyat FIFA reytingimizga salbiy tasir qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda zahiradan Fozil Musaev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidovlar tushganiga qaramasdan baribir yakunda mag'lubiyatga uchradik. Biroq, mazkur o'yinda ayrim yosh futbolchilar terma jamoadagi debyutini nishonlashga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi o'yin Toshkentda JAR stadionida o'tgan va unda ham termamiz mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Bu bahs Maksim Shackix, Ulug'bek Bakaev, Viktor Karpenko O'zbekiston terma jamoasi libosida so'nggi bor maydonga tushgani bilan ahamiyatli hisoblangan. 


O'rtoqlik uchrashuvi.

O'zbekiston – O'mon– 0:1

27.05.2014. Olmaliq. OKMK stadioni.

Gol: Ahmad Al Mahaijri 19.

O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Boburbek Yuldashev, Shuhrat Muhammadiev, Azimjon Ahmedov (Sardor Sobirxo'jaev, 72), Oleg Zoteev, Odil Ahmedov (Fozil Musaev, 54), Jamshid Iskanderov (Jasur Hasanov, 67), Sanjar Shoahmedov (Igor Sergeev, 54), Ivan Nagaev (Navro'zbek Alimov, 67), Husniddin G'ofurov (Sardor Rashidov, 46).

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Reyting: +2   

Fikrlar

   
29 avg 21:46:30
Qwerty 007
ABDUVOXID foydalanuvchining fikriga javob berish
CAFA уйинлари трансляция килинадими? Тожикистон Хиндистон уйинни каердан курса булади
Kanallarni bilmadimu, youtubedan CAFA ning kanalidan olib beryapti
   
29 avg 20:37:35
ABDUVOXID
CAFA уйинлари трансляция килинадими? Тожикистон Хиндистон уйинни каердан курса булади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика