So’nggi yangiliklar

16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  33 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  32

Mini-futbol: Respublika birinchiligi To'rtko'l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham bo'lib o'tdi Yangiliklar

Mini-futbol: Respublika birinchiligi To'rtko'l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol Associaciyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilmoqda.

Musobaqalarga birinchilardan bo'lib Namangan shahrida start berilganligi va qayd etilgan natijalar haqida malumot berganmiz. Musobaqa 27-28 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida ham davom etdi.

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqa Qoraqalpog'iston Respublikasining To'rtko'l (7ta jamoa), Beruniy (7ta jamoa)  hamda Amudaryo (3ta jamoa)  tumanlarida tashkillashtirildi.

Qiziqarli kechgan bahslarda yosh toifalari bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi:

11, 12, 13, 14, 15 va 17 yoshlilar o'rtasidagi musobaqalarda To'rtko'l tumani BO'SMi, 16 yoshlilar o'rtasidagi bahslarda esa Beruniy tumani BO'SMi tarbiyalanuvchilari birinchi o'rinni egallashdi. Amudaryo tumanining BO'SM jamoasi faqatgina 17 yoshlilar o'rtasidagi o'yinlarda faxrli ikkinchi pog'onadan joy oldi, boshqa guruhlardagi ikkinchi o'rinlar ham aynan Beruniy va To'rtko'l tumani vakillariga nasib etdi.

Avval qayd etganimizdek, musobaqani tashkil etishdan ko'zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar  va o'smirlar o'rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.    

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика