So’nggi yangiliklar

21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  0 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  4 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0

Mini "Barselona" Yangiliklar

Mini "Barselona"

Teglar :  Ueska
Ular haqida biz har doim ham eshitmaymiz.

"Ueska" - Pireney yarim orollarida 100 yildan buyon mavjud bo'lgan shu nomli shaharda "istiqomat" qiladi. Jamoa hali biror marta ham Ispaniya futbolining elitasida o'ynamagan va asosiy vaqtini 4-divizionda o'tkazgan. O'tgan mavsumda ham jamoa Primeroga chiqishi mumkin edi. Biroq o'tish o'yinlarida ueskaliklar katta futbolga tayyor emasligi ko'rinib qoldi.

LaLigada qatnashish uchun o'tgan bahsda "Ueska" "Xetafe"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bahs 2:2 hisobida yakuniga etdi, javob bahsida esa "Xetafe"ni to'xtatib bo'lmadi. 55-daqiqagacha "Ueska" kichik hisobda mag'lub bo'layotgandi, shundan keyin bosh murabbiy Xuan Antonio Ankela o'yinni qutqarish uchun bir necha o'zgarishlarga qo'l urdi. SHulardan biri kichik jang yuzaga kelishiga sababchi bo'ldi. "Osasuna" va "Atletik" tarkibida Primeroda 8 mavsumni o'tkazgan tajribali yarim himoyachi David Lopes murabbiyning qaroridan nolidi va murabbiyga tashlanib qoldi. Zaxira o'rindig'iga borar ekan u ustoziga norozilik bildirdi.


"Futbolchilar o'ylayotgan narsalarini ayta olamiz deb o'ylashmoqda. U menga etiroz bildirdi, men esa unga futbolda shunday voqealar bo'lib turishini aytdim. Futbolchilar bunday baqirishganida murabbiylar jim bo'lishini istashadi. Biroq o'rtada hurmat bo'lishi kerak", - dedi Ankela va jamoada kim bosh ekanligini ko'rsatdi. Ammo zaxiradan tushgan futbolchi hech qanday yordam bermadi. "Ueska" yana ikkita gol o'tkazib yubordi. Bahs yakunlanayotganida himoyachi Inigo Lopes raqib yuziga urdi.

MURABBIY KIM?

O'tgan yozda jamoa boshqaruvini Xoan Fransesk Ferrer Siciliya yoki qisqacha qilib aytganda Rubi qabul qilib oldi. Kataloniyalik murabbiyning bir prestij jihati bor: 2013/14 yilgi mavsumda u Tito Vilanova boshchiligidagi "Barselona" murabbiylar shtabiga kirgandi. Rubi unda mashg'ulot tizimida ham ishtirok etardi, skautlik ham qilardi.

NIMA UCHUN JAMOA "BARSELONA" BILAN SOLISHTIRILDI

Rubi "Barselona"da bir yil ishlab, o'z qarashlarini o'zgartirdi. "Rubi "Ueska" "Barselona" kabi 4-3-3 sxemasida o'ynashi uchun barcha ishlarni qilmoqda", - dedi uning do'sti va "Las-Palmas" sobiq bosh murabbiyi Manolo Markes. SHuningdek, jamoa liboslari "Barselona"niki kabi ko'k-anorrangda. Undan tashqari, klubni "Barselona" muxlislaridan tashkil etilgan insonlar Ispaniya futbolidan ro'yxatdan o'tkazgan.

QAERDA O'YNASHADI?

Hozircha jamoa Segundaning ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. Rubi bolalari minimum o'tish o'yinlarini naqd qilgan. Agarda jamoa oldindagi uchrashuvlarda g'alabaga erishadigan bo'lsa, Primeroga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma oladi. SHunday bo'lgan taqdirda klubni g'aroyibotlar kutmoqda. "Ueska"ning uy maydoni "Estadio El-Alkoras" 5,5 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Ispaniya Primerosidagi birorta jamoaning stadioni bunchalik darajada kichik emas. Hatto "Eybar"da ham (7 ming muxlis).

Aslida bu shaharning aholisiga qarab mo'ljallangan. Ueskada 52 ming inson yashaydi. Ularning barchasini yig'sak "Mestalya", "Kamp Nou" yoki "Santyago Bernabeu"da joy ortib qoladi.

JAMOANI KIM QUTQARIB QOLMOQDA?

"Ueska" Segunda jamoalari orasida eng kamtarona byudjet egasi. Jamoa tarkibida yoshligida Ispaniyaning yoshlar termalarida to'p tepib, mashhur bo'la olmagan futbolchilar o'ynashadi. "Ueska"da "Atletiko", "Barselona", "Valensiya" va "Real" kabi jamoalarning tarbiyalanuvchilari faoliyat olib borishadi.

"Ueska"ning eng qimmat futbolchisi - 24 yoshli Gonsalo Melero. ("Transfermarkt" nashri uni 3,5 mln evroga baholagan). Yigitcha 21 yoshligida "Real"dan ketgan, biroq u mahoratini yo'qotmagan. 2017/18 yilgi mavsumda "Ueska" sardori 16 gol urishga erishdi. Segundadagi boshqa birorta yarim himoyachi undan ko'ra ko'proq gol kirita olmagan. "Marca" nashri uni Frenk Lemperdga o'xshatmoqda.


SHuningdek, jamoada Jair Amador ismli futbolchi bor. U 26 yoshiga kirganida professional futbolga kirib keldi va debyutini o'tkazdi. SHunday bo'lsa ham Rubi unga ishonch bildirdi. Bu mavsumda portugaliyalik himoyachi 39 uchrashuvda qatnashdi va jamoadagi maksimal natijagi qayd etdi.

2014 yilning dekabrida Ispaniya kubogi doirasida "Barselona"ga to'qnash keldi. Kataloniya jamoasi raqibini ikki o'yinga ko'ra 12:1 hisobida mag'lub etdi. Biroq keyingi mavsumda jamoa Primeroda ishtirok etadigan bo'lsa, bunday syuprizlar qilmasligi aniq. Ha, albatta, "Barselona"ga kuchi etmasligi mumkin. Rubi nima qilishni biladi va mini "Barselona"ni raqobatbardosh jamoaga aylantira oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика