Minamino - APLning 2 klubi tarkibida gol urgan 1-yaponiyalik Yangiliklar

Minamino - APLning 2 klubi tarkibida gol urgan 1-yaponiyalik

2 fevral kuni "Liverpul" hujumchisi Takumi Minamino ijara asosida "Sautgempton"ga ko'chib o'tgani malum bo'lgan edi.

Yaponiyalik futbolchi yangi jamoasidagi debyut o'yinini bugun "Nyukasl"ga qarshi o'tkazdi. Angliya chempionatining 23-tur bahsini asosiy tarkibda boshlagan 26 yoshli forvard uchrashuvning 30-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Minamino shu tariqa APLning 2 jamoasi safida gol urgan tarixdagi 1-yaponiyalik o'yinchiga aylandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика