"Lans" sobiq bosh murabbiyi Uill Still Angliya klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
25 may 19:54
Yangiliklar


"Lans" sobiq bosh murabbiyi Uill Still Angliya klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
"Sautgempton" bosh murabbiylikka Uill Stillni tayinladi.
Avvalroq, klub va 32 yoshli mutaxassis 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsum yakunlariga ko'ra, "Sautgempton" Chempionshipga ravona bo'ldi. Hozirda klub APL turnir jadvalida 37 o'yinda 12 ochko jamg'arib, 20-o'rinni egallab turibdi.
Ayni paytda jamoa bosh murabbiyi vazifasini Saymon Rask bajarmoqda. Aprel oyida klub murabbiy Ivan Yurichni istefoga chiqarganini elon qildi.
Uill Still "Lans"ni 2024 yilning iyulidan buyon boshqarib kelayotgandi. Klub bu mavsumda Liga 1da 8-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar