So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

Milliy terma jamoamizga argentinalik mutaxassis Ektor Raul Kuper bosh murabbiy etib tayinlangani xaqida futbol ixlosmandlarining xabarlari bor.

Bugun tonggi soat 6:10da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston MTJni boshqarib boradigan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tgani xaqida xabar berib o'tgan edik.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyini qabul qildi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov murabbiy bilan suhbatlashar ekan, futbolimizda olib borilayotgan islohotlar bilan o'rtoqlashib, o'zbek xalqining azaliy orzusi bo'lgan jahon chempionitiga chiqish eng dolzarb vazifa ekanligini aytib o'tdi.

"Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz elon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritish.
O'zbekiston futbol associaciyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo'lib oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida Ektor Kuper ham bu yo'lda bor kuch-g'ayratini ayamasligini bildirib o'tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o'tirmadi.

Uchrashuv so'ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O'zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.



Eslatib o'tamiz, bugun soat 15:00da Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика