So’nggi yangiliklar

20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  2 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  6 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  0 20:10"Бунёдкор" - "Бухоро" (онлайн ҳисоб)  10 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   12 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  2 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  11 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1

Milliy Olimpiya qo'mitasida OFK prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi Yangiliklar

Milliy Olimpiya qo'mitasida OFK prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi

SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegaciyasi Milliy Olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi.

Bugun O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yil Toshkent va Qarshi shaharlarida o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegaciyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

OFK prezidentiga tashkilot Bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon va uning o'rinbosari Voxid Kardani, shuningdek, bir nechta masul vakillar hamrohlik qilmoqda. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida OFK delegaciyasini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov kutib olishdi. SHundan so'ng rasmiylar MOQga tashrif buyurdilar. Unda o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish mavzusida uchrashuv o'tkazildi. Yig'ilishda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov ham ishtirok etdi.

Suhbatda Adham Ikramov OFK rahbarini mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

“Siz kabi faxriy mehmonlarni qabul qilish biz uchun sharaf. Mamlakatimiz va OFK o'rtasidagi do'stona aloqalar yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Sir emaski, futbol yoshlarimiz orasidagi eng sevimli sport turlaridan. Sportni rivojlantirish vazirligi, MOQ va O'FA yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish bo'yicha hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Hozir Associaciyamizda kuchli jamoa shakllandi. Ular futbol ommaviyligini mahallalardan boshlab tatbiq qilmoqda. Bu selekciya ishlariga ham yordam beradi. Mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga shaxsan Prezidentimizning o'zlari etibor qaratmoqdalar”, – dedi Sportni rivojlantirish vaziri.

O'z navbatida, OFK prezidenti ham bu borada olib borilayotgan o'zgarishlar o'zining ijobiy samarasini berayotganini takidladi.

“Men va jamoamni iliq kutib olganingiz uchun tashakkur bildiramiz. O'zbekistonga qilgan so'nggi tashrifim va hozirgi holatni solishtirsak, davlatingizda har tomonlama katta o'sishni ko'rish mumkin. Haqiqatdan ham, O'FAda kuchli jamoa tuzilib, samarali faoliyat olib bormoqda. OFK O'zbekistonga shunchaki azosi emas, o'zining eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida qaraydi. Mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish yo'lida mana shunday ishlashda davom etsak, ko'p natijalarga erishamiz. Buning uchun O'zbekistonda yaxshi infratuzilma mavjud”, – dedi SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa.

Suhbat davomida Toshkentda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada o'tkazish, mamlakatimizda murabbiylik, hakamlik sohalarida malakali kadrlarni tayyorlash, futbol ommaviyligini oshirish mavzularida fikr almashildi. Uchrashuv yakunida martabali mehmon MOQning Faxriy mehmonlar kitobiga o'zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. SHundan so'ng SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amalik markazining faoliyati bilan tanishdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика