"Milan" "Liverpul" futbolchisining transferini yakunlashga yaqin
15 may 2022 21:54
Yangiliklar
"Milan" "Liverpul" futbolchisining transferini yakunlashga yaqin
"Milan" "Liverpul" forvardi Divok Origining transferini amalga oshirishga yaqin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi 27 yoshli belgiyalik futbolchini joriy mavsum so'ngida erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olish uchun o'tishning so'nggi detallarinigina hal qilishi kerak.
Forvardning o'zi "Liverpul" rahbariyatiga jamoadan ketmoqchiligini malum qildi.
Origi 2021/22 yilgi mavsum "Liverpul" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'ngiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar