"Milan" "Bolonya" hujumchisini sotib olish ustida ishlamoqda
05 apr 2024 11:24
Yangiliklar
"Milan" "Bolonya" hujumchisini sotib olish ustida ishlamoqda
"Rossoneri" futbolchini safiga qo'shib olmoqchi.
"Milan" "Bolonya" hujumchisi Joshua Zirkzeeni sotib olish ustida ishlamoqda. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "rossoneri" futbolchi uchun taxminan 50 million evro taklif qilishga tayyor. Bu summa ichiga "Bolonya" "qizil-qoralar" vingeri Aleksis Salemakersni sotib olishi ham kiradi, u hozirda ijarada o'ynamoqda.
Niderlandiyalik futbolchi "Milan"ga o'tishga tayyor. "Bolonya" futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi, ammo unga bo'lgan talab yuqori bo'lgani uchun bu qiyin bo'lishini tushunadi.
22 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar