So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Migel Alvares: "Boshqa murabbiylarning uslubiga ahamiyat bermayman, chunki mening o'z qo'llanmam bor" Yangiliklar

Migel Alvares: "Boshqa murabbiylarning uslubiga ahamiyat bermayman, chunki mening o'z qo'llanmam bor"

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Migel Alvares matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Avvalambor "Bunyodkor" klubini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Ular juda yaxshi jamoa. Qolaversa, klub o'z akademiya tarbiyalanuvchilari bilan yaxshi natijalarga erishmoqda. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq harakat qildik. Ammo hisob borasida raqibdan ortda qoldik. SHunga qaramay, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, muxlislarga alohida rahmat aytaman. Ular uzoq yo'l bosgan holda stadionga tashri buyurib, bizni qo'llab-quvvatladi. 

— "Surxon" o'yin tempi, hujumlar tashkil etish borasida "Bunyodkor"dan ortda qolmadi. Bu jarayonga qay darajada tayyorgarlik ko'rilmoqda? Jumladan, sizning qo'l ostingizda jamoa pozicion hujumlar qilishni ko'paytirib, o'yin uslubini o'zgartirdi...

— Jamoaga kelgach, mashg'ulotlar qo'llanmasini o'zgartirgandim. Men boshqa murabbiylarning uslubiga ahamiyat bermayman, chunki mening o'z qo'llanmam bor. SHogirdlarimning pozicion va hujumkor o'yin namoyish etishi uchun harakat qildim. Menimcha, muxlislar oxirgi o'yinlarimizdan rohatlanmoqda. SHunga qaramay, o'z ustimizda ishlashdan to'xtamaymiz.

— "Surxon" murabbiyi sifatida Termizdagi ishlardan xabardormisiz? Sababi, muxlislar yil davomida poytaxtga qatnagan holda klubni qo'llab-quvvatlashga majbur bo'ldi. Stadion bilan bog'liq muammolar bormi?

— Men klub menejmentida faoliyat olib bormayapman. Men jamoa bosh murabbiyi sifatida futbolni nazorat qilaman. Termizda ushbu yil o'ynay olmaymiz, chunki vaqt kam qoldi. Bilishimcha, stadionni yaxshilash borasida ishlar olib borilmoqda. Kelasi yil o'z maydonimizda o'yin o'tkazishga harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика