Meyvezer: "Umid qilamanki, Ronaldu "Nyukasl"da faoliyatini yakunlaydi"
20 mar 2018 11:11
Yangiliklar
Meyvezer: "Umid qilamanki, Ronaldu "Nyukasl"da faoliyatini yakunlaydi"
Boks bo'yicha jahon chempioni kichik Floyd Meyvezer "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qaysi klubda faoliyati yakunlanishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Menga "Nyukasl" yoqadi. O'tgan yili bu jamoaning futbolchilari bilan uchrashdim, ularning barchasi - yaxshi yigitlar. Biznesda doim yangi imkoniyatlarga tayyorman, barcha sport turlarini sevaman. Biznesni esa aql bilan boshqaraman, yurak bilan emas... Futbol - mening sport turim emas, biroq bu erdagilar bilan aloqalarim bor. Men "Nyukasl"ni sotib olishim va u erga Ronalduni ham transfer qilishga kuchim etadi. Krishtianu Ronaldu uzoq yillardan buyon mening eng yaxshi do'stlarimdan. Umid qilamanki, u "Nyukasl"da faoliyatini tugatadi", - dedi Meyvezer.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar