So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Metallurg" ustozi Luisma Ernandes: "Eng yuqori o'rinlardan birini egallash uchun astoydil harakat qilamiz" Yangiliklar

"Metallurg" ustozi Luisma Ernandes: "Eng yuqori o'rinlardan birini egallash uchun astoydil harakat qilamiz"

Ispaniyalik bosh murabbiy Luisma Ernandes qo'l ostidagi "Metallurg" Turkiya yig'inini davom ettirmoqda.

Bugun saytimiz xodimlari Bekobod klubi mashg'ulotlaridan reportaj tayyorlashdi hamda jamoa ustoziga savollar bilan yuzlanishdi.  

- Turkiyadagi yig'in haqida qisqacha fikrlaringiz...

- Avvalambor, Antalyada ekanligimdan xursandman. Yaxshi mehmonxona, ajoyib stadion va trenajyor zali – hammasi yaxshi tashkillashtirilgan. Bu safarni tashkillashtirib bergan "Metallurg" rahbariyatiga alohida rahmat! 

- "Metallurg" qishki yig'inni nima uchun aynan Antalyada o'tkazmoqda? 

- Birinchi navbatda, sabab sifatida Turkiyaning iqlimini keltirib o'tish mumkin. SHuningdek, bu erda maksimal sharoitlar yaratilgan. Bular mavsumoldi yig'inda katta yordam beradi. Qo'shimchasiga sparring-raqiblar bilan o'yin o'tkazish uchun yaxshi imkoniyat bor.

- Deylik, agar Toshkentda xuddi mana shunday sharoit mavjud bo'lsa, jamoa yig'inni o'zimizda o'tkazishi mumkinmi? Klublarimizni Antalyaga jalb qilayotgan asosiy narsa nima?

- Albatta, agar 4-5 ta yaxshi sharoitga ega maydonlar bo'lsa, Toshkentda tayyorgarlik ko'rib, raqiblarni ham o'sha erga taklif qilardik. Bu holatda ob-havo ham inobatga olingan. CHunki o'tgan yili qishda juda ham sovuq bo'lgan. SHuning uchun jamoalar Antalyaga oshiqishadi. O'yinchilar uchun avvalo maydon sifati muhim.  

- Rahbariyat jamoa oldiga qanday maqsadni qo'ygan va "Metallurg" yuqori o'rinlar uchun kurasha oladimi?

- Biz hozir yaxshi jamoa qurishni maqsad qilganmiz. CHempionatda eng yuqori o'rinlardan birini egallash uchun astoydil harakat qilamiz.

- Ayni paytda sizni nima xavotirga solmoqda?  Futbolchilarga o'z g'oyalaringizni etkazishda muammolarga duch kelmayapsizmi? 

- Umuman olganda, men futbolchilardan mamnunman. To'g'ri, ozgina tushunmovchiliklar bo'lib turadi. Bu yangi ishlanmalarni joriy qilayotganda yuz beradi, lekin biz mashg'ulot oldidan yig'ilish qilib, yigitlarga videorolik va taqdimotlar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Keyin esa barini bevosita maydonda sinovdan o'tkazamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика