So’nggi yangiliklar

21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  27 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  19 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0

“Metallurg” Turkiyadagi yig'inini boshladi Yangiliklar

“Metallurg” Turkiyadagi yig'inini boshladi

Teglar :  MetallurgTurkiya
Ilgari xabar berganimizdek Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun bugun erta tongda Turkiyaning Antaliya zaminiga uchib ketgandi.

Klub azolari Toshkentning “Paxtakor”, Farg'onaning “Neftchi” jamoalari bilan birgalikda charter reys orqali ko'zlangan manzilga o'z vaqtida etib borishdi. Bekobodliklar Belek shahridagi “Atlantis” mehmonxonasiga joylashishdi va kunning ikkinchi yarmida engil mashg'ulotlar bilan cheklanishdi.

Ertadan etiboran ikki mahaldan mashg'ulotlarga kirishiladi. Xorij yig'ini ikki haftaga rejalashtirilgan bo'lib, bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham kutilayapti. Dastlabki o'yin o'zbekistonlik ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan “Akjayik” jamoasidir. Undan keyin Iroq jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Qolgan raqiblar haqida esa keyingi reportajlarimizda malumot beramiz.

“Metallurg” Turkiya safariga 23 nafar futbolchi hamda murabbiylar guruhi bilan tashrif buyurgan.


Yig'inga jalb etilgan tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Suhrobjon Sultonov, Zafar Safoev.

Himoyachilar:  Davronbek Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Dostonbek Tursunov, Vusol Mageramov, Mirg'iyos Sulaymonov, Kamronbek Kopadze, Jasur Ahmedov.

Yarim himoyachilar: Alisher Ziyovuddinov, Farhod Namozov, Jahongir Abdumo'minov, Sanjar Qodirqulov, Ayubxon No'monov, Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Murodjon Toshmatov, Muhammadodil Qahramonov, Umid Rahimov.

Hujumchilar: Zohid Abdullaev, Doniyor Ismoilov, Islom Isoqjonov, Zuhrillo Boboev.

Murabbiylar: Rustam Mirsodiqov, SHavkat Saidov, Fevzi Davletov, Abduqahhor Marufaliev, Ahmad Ubaydullaev, Alisher Ahmedov. Adminstrator – Jamshid Mirabdullaev. Massajchilar - Danil Korshunov, Radion Sarichev. SHifokor – Islom Abaev. Texnik direktor – Bahodir Toymetov.

"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика